Oʻsh (shahar)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻsh (qirgʻizcha: Ош) — Qirgʻiziston janubida joylashgan, poytaxt Bishkekdan keyin „janubiy poytaxt“ maqomiga ega yirik shahar, viloyat markazi. Oʻsh shahri 3000 yillik tarixga ega. Oʻsh chiroyli va juda tarixi buyuk shahardir. Shaharning oʻrtasidan Oqbura daryosi oʻtadi. Shuningdek, shahar markazida Sulaymon togʻi joylashgan. Togʻ choʻqqisida Zahiriddin Muhammad Bobur qurdirgan hujra bor. Ayni paytda shahar aholisi rasman 255 800 kishini tashkil qiladi.
Qisqa faktlar Oʻsh qirgʻizcha: Ош, Mamlakat ...
Oʻsh qirgʻizcha: Ош | |
---|---|
shahar | |
40°32′52″N 72°47′09″E G O | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
viloyat | Oʻsh viloyati |
Hukumat | |
• mer | Baqitbek Jetigenov [1] |
Aholisi (2009) |
255 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +996 3222 |
Pochta indeks(lar)i | 723500 |
Yopish
Oʻsh shahri 1939-yildan beri Oʻsh viloyatining markazi boʻlib kelyapti. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek, tojik, rus va boshqa bir qancha millat vakkillari istiqomat qiladi.