Oʻzbekiston iqlimi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston iqlimi — keskin kontinental iqlim. O‘zbekiston Respublikasi Yevrosiyo qitʼasining 37 va 45 °C shimoliy kenglik, 56 va 73 gradus sharqiy tekislikda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasining maydoni 447.7 ming km² ni tashkil etadi va shundan 78.8% ini tekisliklar, 21.2% ini tog‘liklar va tog‘ oldi hududlarni oʻz ichiga oladi. Hududining deyarli 5/4 qismi yarimchoʻl va choʻlliklarni, qolgan qismi janubiy-sharqiy va sharqiy xududlarda baland togʻliklardan iborat[1]. Oʻzbekistonda kontinental iqlimning paydo boʻlishida uning geografik oʻrni, quyosh radiatsiyasi hamda atmosfera sirkulatsiyasi taʼsir etadi. Asosan uzoq qurgʻoqchilik, issiq yoz, yomgʻirli bahor va noustivor qishni tashkil etadi. Mamlakat hududiga turli havo oqimlarining kirib kelishi uchun juda oson hudud hisoblanadi. Shimol, shimoliy-gʻarb va gʻarbiy tarafdan atlantika va arktika havo oqimlari kirib keladi. Respublikida iyul oyining oʻrtacha havo harorati shimolda 26 °C dan janubga 30 °C gacha oʻzgaradi. Yanvar oyining o‘rtacha havo harorati shimolda −8 °C gacha, janubda esa 0 °C gacha yetadi. Eng past havo harorati −38 °C ni tashkil (Ustyurt tekisliklarida) etadi[1].