rossiyada tugʻilgan amerikalik matematik From Wikipedia, the free encyclopedia
Oskar Zarisskiy (inglizchalashtirilgani Oscar Zariski) (ruscha: О́скар Зари́сский) (24-aprel 1899-yil — 4-iyul 1986-yil) — Rossiyada tugʻilgan amerikalik matematik. Zarisskiy algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1981-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].
Oskar Zarisskiy | |
---|---|
Tavalludi |
24-aprel 1899-yil Kobrin, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
4-iyul 1986-yil (87 yoshda) Brookline, Massachusetts, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Johns Hopkins universiteti Illinois universiteti Harvard universiteti |
Akademik rahbarlari | Guido Castelnuovo |
Mashhur shogirdlari |
S. S. Abhyankar Michael Artin Iacopo Barsotti Irvin Cohen Daniel Gorenstein Robin Hartshorne Heisuke Hironaka Steven Kleiman Joseph Lipman David Mumford Maxwell Rosenlicht Pierre Samuel Abraham Seidenberg |
Mashhur ishlari |
Algebraik geometriya sohasida qator ishlar Zarisskiy topologiyasi |
Mukofotlari |
Cole mukofoti Algebra boʻyicha (1944) Milliy fan medali (1965) Wolf mukofoti (1981) Steele mukofoti (1981) |
Zarisskiy yahudiy oilasida tugʻilgan. 1918-yildan Kiyev universitetida oʻqigan. Rossiyadagi fuqarolar urushi tufayli 1920-yilda Italiyaga koʻchib ketgan, u yerda Italiya algebraik geometriya maktabida Guido Castelnuovo, Federigo Enriques va Francesco Severilardan tahsil olgan. Zarisskiy 1927-yildan boshlab oʻlimiga qadar AQShda yashagan. Dastlab Johns Hopkins universitetida, keyin İllinois universitetida va Harvard universitetida dars bergan.
Zarisskiy kommutativ algebra va algebraik geometriya sohasidagi fundamental ishlari bilan shuhrat qozongan. Olim ushbu ikki sohani birlashtirib, italyan matematika maktabi xulosalarini mustahkamlagan. Olimning ushbu sohadagi eng diqqatga sazovor ishlaridan biri Zarisskiy topologiyasidir.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.