Osiyo Olimpiya Kengashi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tan olgan, Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan tashkil topgan, beshta qitʼalararo assotsiatsiyadan biri. Osiyo Olimpiya Kengashi — bu 45 ta mamlakatni oʻz ichiga qamrab olgan Osiyo mamlakatlarida Olimpiya harakatini boshqaruvchi organ hisoblanadi.
Turi | Sport Federatsiyasi |
---|---|
Sanoat | Sport |
Ishga tushgan sanasi | 1982-yil |
Joylashuvi | Quvayt |
Prezidenti | Ahmad Al-Fahad Al-Ahmad As-Saboh |
Vebsayti | ocaasia.org |
OOK — Osiyodagi MOQlari faoliyatini tashkil qilish, ishtirokchi mamlakatlarning xalqaro nufuzini koʻtarish, butun Osiyo qitʼasida sportni targʻib etish, shuningdek, yoshlarda jismoniy barkamollik, ahloqiy sifatlarini sport musobaqalari va sport tadbirlari orqali, oʻzaro hurmat, doʻstlik va halol oʻyin sifatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo Olimpiya Kengashi, Osiyodigi mamlakat aʼzolarining sport faoliyatini muvofiqlashtiradi, muntazam ravishda Osiyo oʻyinlari (yozgi, qishki, sohil sporti, jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari) ni tashkil qilishni kafolatlaydi, shuningdek, Osiyo qitʼasida Olimpiya harakatini idealini targʻib qilishdagi bosh organ hisoblanadi. Osiyo Olimpiya Kengashi nafaqat hududiy oʻyinlar tashkilotchisi, balki xalqaro musobaqalar, aʼzo mamlakatlar oʻrtasida bahsli muammolar yuzaga kelganda, ularni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organdir. OOK ning bosh qarorgohi Quvaytda joylashgan.