Oʻzbekiston milliy universiteti
Oʻzbekistondagi nomdor oliy taʼlim dargohlaridan biri / From Wikipedia, the free encyclopedia
41°21′3.9999959999926″N 69°12′17.999999999994″E
Qisqa faktlar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (), Xalqaro nomi ...
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) | |
---|---|
Universitet logotipi | |
Xalqaro nomi | National university of Uzbekistan |
Asos solingan | 1918-yil |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | In'om Madjidov |
Talabalari | 34 000 dan ortiq[1] |
Fakultetlar | 16 |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Aspirantura | 3 yil |
Doktorantura | 3 yil |
Manzili | Toshkеnt-100174, Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulug`bеk nomidagi O`zbеkiston Milliy univеrsitеti, O`zbekiston |
Vebsayti | http://www.nuu.uz/ |
Yopish
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan[2].