From Wikipedia, the free encyclopedia
Patrik Shik (1996-yil 24-yanvarda tugʻilgan) – Chexiyalik professional futbolchi. Germaniya Bundesligasining „Bayer Leverkuzen“ klubi futbolchisi. Chexiya terma jamoasining asosiy hujumchilaridan biri.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Patrik Schik | ||
Tavallud sanasi | 1996-yil 24-yanvar | ||
Tavallud joyi | Praga, Chexiya Respublikasi | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | Hujimchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bayer Leverkusen | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007–2014 | Sparta Praga | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014–2016-yillar | Sparta Praga | 4 | (0) |
2015–2016-yillar | → Bohemians 1905 (Ijara) | 27 | (8) |
2016–2017-yillar | Sampdoria | 32 | (11) |
2017–2020-yillar | Roma | 46 | (5) |
2019–2020-yillar | → RB Leipzig (Ijara) | 22 | (10) |
2020–yil | Bayer Leverkusen | 70 | (36) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011-yil | Chexiya U16 | 2 | (0) |
2012–2013-yillar | Chexiya U17 | 11 | (7) |
2013–2014-yillar | Chexiya U18 | 9 | (2) |
2014–2015-yillar | Chexiya U19 | 13 | (7) |
2015–2017-yillar | Chexiya U21 | 12 | (11) |
2016–yil | Chexiya | 35 | (18) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-mart uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-sentyabr uchun) |
Pragada tugʻilgan Shik oʻz faoliyatini mahalliy "Sparta Praga" klubida boshlagan va oʻsmirlik chogʻida debyutini oʻtkazgunga qadar yoshlar jamoasi safidan koʻtarilgan. 2016-yilda, 20 yoshiligida "Bohemians 1905" klubi safidagi ajoyib oʻyinlaridan keyin Italiya A seriyasining „Sampdoriya“ jamoasi tarkibiga qoʻshiladi. Italiyadagi ajoyib debyut mavsumidan soʻng 2017-yilda klub tarixidagi rekord summa evaziga "Roma" ga oʻtadi. 2019-yilda bir mavsumga ijara asosida RB Leyptsig tarkibiga borib qoʻshiladi. 2020-yil sentabrida esa Bundesliganing boshqa bir jamoasi Bayer Leverkuzenga toʻliq transfer qilinadi.
16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan xalqaro toifadagi Chexiya terma jamoalari shadafini himoya qilgan. 2016-yil may oyida 20 yoshida Chexiya milliy terma jamoasida debyut qilgan. Milliy terma jamoasi libosida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Chexiya kattalar jamoasi 2020 yilgi Evropa chempionatining chorak finaliga chiqishga katta xissa qoʻshgan futbolchilardan biri, hamda musobaqada ikkinchi eng yaxshi toʻp urar va kumush butsa sohibi boʻlishga erishgan.
Uning futboldagi qahramoni "Manchester Yunayted" futbolchisi Ueyn Runi edi.
Pragada tugʻilgan futbolchi 11 yoshidaligida yoq Sparta Praga bollar jamoasi tarkibiga kirgan. 2014-yilning 3-mayida Tepliceda safarda 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda „Sparta“ safidagi debyutini oʻtkazgan. 2015-2016 yilgi mavsumda shaharning boshqa jamoasi „Bohemians 1905“ tarkibiga ijara asosida borib qoʻshiladi. Keyingi mavsumda Spartaga qaytadi hamda mavsumda asosiy oʻyinchiga aylanishi hamda katta oʻyinlarda maydonga tushishi kutilgan edi, ammo murabbiylar undan koʻra Devid Lafatani afzal koʻrishadi. Sparta Shikka yangi shartnoma taklif qilganida, uning agenti buni rad etadi[1].
Shik 2016-yilning iyun oyida 4 million yevro evaziga „Sampdoriya“ tarkibiga koʻchib oʻtadi hamda klub bilan shartnoma imzolaydi[2]. Italiyadagi birinchi mavsumida 32 liga oʻyinida maydonga tushib 11 ta gol urishga erishadi. 14 marta maydonga tushdi va har 137 daqiqada bir marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.
2017-yilning may oyida boshqa klubga oʻtishni kutib, Sampdoriya bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi[3]. 2017-yilning iyun oyida "Yuventus" Shikning shartnomasi boʻyicha 30 million yevro miqdoridagi tovon pulini bandidan foydalanishga oʻrinib koʻradi[4] lrkin Shik ikkita alohida tibbiy koʻrikdan oʻta olmaydi va „Yuventus“ 18 iyul kuni kelishuvni bekor qiladi[5][6].
2017-yilning 29-avgustida Shik 5 million yevro evaziga vaqtinchalik shartnoma asosida futbolchini yana 9 million yevroga sotib olish sharti bilan "Roma" jamosiga koʻchib oʻtadi[7], maʼlum sport maqsadlariga erishilgach, bu klub rekordi – 40 million evroga koʻtarilishi mumkin edi, ammo bunday boʻlib chiqmadi[1][8]. Shartnomani imzolagandan soʻng, „Roma“ sport direktori Monchi Shikni „Jaxon futbolidagi eng yorqin istiqbollardan biri“ deb taʼriflaydi. Shik „Roma“da oʻzining koʻp vaqtini oʻng qanotda yoki chap qanotda oʻtkazgan va 58 oʻyinda atigi 8 marta gol uradi.
2019-yil 2-sentabrda RB Leyptsig Shikni doimiy ravishda sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolaganini eʼlon qiladi[9]. Uning „Leyptsig“dagi birinchi goli 2019-yil 11-noyabrda „Paderborn“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritilgan[10]. Liganing toʻrtta oʻyinida uchta golli seriyani boshlaydi, shu jumladan zaxiradan maydonga tushib, "Borussiya Dortmund" bilan 3:3 hisobida durang oʻynaydi[11]. Timo Verner bilan bir qatorda Shik „Leyptsig“ uchun 28 oʻyinda 10 ta gol urib, oʻz formasini tiklaydi, chunki klub Bundesligada uchinchi oʻrinni egallab, Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqadi[12][13].
2020-yil 8-sentabrda Shik Leverkuzenning Bayer klubiga qoʻshincha bonuslari bilan qoʻshib hisoblaganda 26,5 million yevro evaziga besh yillik shartnoma asosida qoʻshiladi[14]. Shik oʻzining ilk golini 2020-yil 26-noyabrda UEFA yevropa ligasi turnerida uradi va Yevropa Ligasi guruh bosqichida Isroilning "Hapoel Beer Sheva" jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonadi[15].
Shik BayArenadagi 2020-2021 yilgi mavsumning aksariyat qismida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi, hamda liganing 29 oʻyinida 9 ta gol oʻradi.
2021-yil 4-dekabrda Shik Greyter Fyurt jamoasi ustidan 7-1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning ikkinchi boʻlimida toʻrtta gol uradi[16]. Shik oʻzining yaxshi formasini Leverkuzenning keyingi ikki liga oʻyinida davom ettiradi va mos ravishda Frankfurtning „Ayntraxt“iga[17] hamda „Xoffenxaym“ ga qarshi oʻyinlarda dubl qayd etadi[18]. Bundesliganing 2021-2022 yilgi mavsumini 27 oʻyinda 24 ta gol bilan toʻpurarlar poygasida ikkinchi toʻpurar sifatida yakunlaydi, keyin esa klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytiradi[19].
Shik Chexiya terma jamoasiga ilk bor UEFA Evro-2016dan oldingi yigʻinda chaqiriladi[20]. 2016-yil 27-may kuni Maltaga qarshi oʻtkazilgan tayyorgarlik oʻyinida milliy terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushadi. Oʻsha oʻyinda terma jamoadagi ilk golini uradi va 6:0 hisobida gʻalaba qozongan[21].
2021-yil 25-may kuni Shik Chexiyaning UEFA Evro-2020 turniri uchun 26 kishilik yakuniy tarkibiga kiritiladi[22]. 14 iyun kuni Glazgodagi Xempden Parkda Shotlandiyaga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida Chexiya 2:0 hisobida gʻalaba qozonganida Shik ikkala golni ham mualliflik qiladi[23]. Oʻyinda Shikning ikkinchi goli maydonning qoq yarmidan kiritiladi hamda Evroda 1980 yildan beri 45 metrdan oʻrilgan eng uzoq masofadan joylab qoʻyilgan gol boʻladi. Keyinchalik bu gol turnirning eng chiroyli goli sifatida tan olinadi[23][24]. Bu gol FIFA Pushkash mukofotiga nomzod boʻlgan. Biroq, bu futbol tarixidagi eng uzoq vaqtlardan biri emas[25][26] yaʼni 2006 yilgi Jahon chempionatida Tomash Rosickydan keyin yirik turnirda dubl qayd etgan va 2004 yilda Milan Baroshdan keyin Yevropa chempionatida gol urgan birinchi chex futbolchisiga aylanishiga sabab boʻladi[23][27].
18-iyun kuni Xorvatiyaga qarshi oʻyinda Shik penaltidan gol urib, jamoasiga 1:1 hisobida durangni olib beradi[28]. 27-iyun kuni esa Chexiya 1/8 finalda Gollandiya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng turnirdagi oʻzining toʻrtinchi golini uradi[29]. 3-iyul kuni chorak finalda Daniyaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlub boʻladi. Shik turnerda Chexiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida 5 ta gol urgan Milan Baroshning rekordini takrorlaydi[30][31]. Krishtianu Ronaldu bilan bir qatorda u 5 ta gol bilan Yevro-2020 qoʻshma toʻpurari boʻladi va oʻyindan urilgan gollar soni boʻyicha hammadan ustun boʻlgan[32].
Shik asosan markaziy hujumchi sifatida markaziy rolda oʻynasa-da, uning maydonni koʻra olish qobilyati, bosh bilan ikkinchi qavatda yaxshi oʻyin koʻrsatishi, chap oyogʻidaham oʻynay olish qobiliyatlari tufayli,ikkinchi hujumchi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashga qodir[33][34][35]. U tezkor, chaqqon oʻyinchi boʻlib, yaxshi texnika va dribling koʻnikmalariga ega[33][35].
Shikning katta singlisi Kristina Shikova (1994 yil 31-iyulda tugʻilgan), u model va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bilan koʻpchillika tanish[36][37]. Oʻsmirlik yillarida Shik karerasini model sifatida koʻrib chiqadi, lekin uning oʻrniga raqobatbardosh futbolga eʼtibor qaratadi. 2020-yil iyul oyida sevgilisi Hana Behounkovaga (1996-yilda tugʻilgan) uylanadi, undan 2020-yil oktabrda tugʻilgan Viktoriya ismli qizi va 2021-yil oktabrda tugʻilgan Niko ismili oʻgʻli bor[38].
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Chex Respublikasi | 2016 yil | 3 | 1 |
2017 yil | 2 | 0 | |
2018 | 9 | 4 | |
2019 | 8 | 4 | |
2020 | 0 | 0 | |
2021 yil | 11 | 8 | |
2022 | 2 | 1 | |
Jami | 35 | 18 |
Sparta Praga [40]
Chexiya terma jamoasi
Individual
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.