1940-yilda ishlangan Amerika animatsion filmi From Wikipedia, the free encyclopedia
Pinocchio (talaffuzi: Pinokkio) 2chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1940-yilda ekranlarga chiqarilgan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va RKO Radio Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi italiyalik bolalar yozuvchisi Carlo Collodi qalamiga mansub 1883-yilda yozilgan The Adventures of Pinocchio kitobiga asoslangan. Film bosh qahramonlariga Cliff Edwards, Dickie Jones, Christian Rub, Mel Blanc, Walter Catlett, Charles Judels, Evelyn Venable, Frankie Darro va Thurl Ravenscroft ovoz bergan.
Pinocchio | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) |
|
Prodyuser(lar) | Walt Disney |
Hikoya |
|
Qaysi asarga asoslangan |
The Adventures of Pinocchio –Carlo Collodi |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) |
|
Studiya(lar) | Walt Disney Productions |
Distribyutor | RKO Radio Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 88 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $2,6 million[3] |
Daromadi | $164 million |
Pinocchio kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u Rotten Tomatoesda 100% reyting bilan baholandi.
Jiminy Cricket tomoshabinlarga tilak amalga oshishi mavzusida hikoya qilmoqda. Uning hikoyasi, Italiyada yogʻochni qayta ishlash ustaxonasida ishlovchi Geppetto ismli yogʻoch oʻymakor kulbasidan boshlanadi. Jiminy, Geppetto Pinocchio deb nomlagan yogʻoch qoʻgʻirchoqni yasashni nihoyalayotganini kuzatmoqda. Geppetto uxlashdan oldin yulduzga boqib, Pinocchioning haqiqiy bola boʻlishini tilaydi. Kecha davomida Moviy pari ustaxonaga tashrif buyuradi va Pinocchioni tiriltiradi, garchi u qoʻgʻirchoq holda boʻlsa ham. Moviy pari, Pinocchioga oʻzini jasur, rostgoʻy va fidoyi ekanligini isbotlasa, haqiqiy bolaga aylanishini aytadi.
Qoʻgʻirchogʻining tirikligini koʻrgan Geppetto hayratda qoladi. Ertasi kuni maktabga yoʻl olgan Pinocchio, tulki Honest John va uning hamrohi hisoblanmish mushuk Gideon bilan tanishadi. Ular Jiminyning eʼtirozlariga qaramay, Pinocchioni aldab, Strombolining qoʻgʻirchoq tomoshasiga qoʻshilishga undaydi. Pinocchio Stromboli yulduzlari safiga qoʻshiq va raqs tusha oladigan marionetka sifatida qoʻshiladi. Biroq, Pinocchio uyga tunash uchun ketmoqchi boʻlganida, Stromboli uni qushlar qafasiga qamab qoʻyadi. Jiminy Strombolining aravasiga yashirincha kirib boradi, lekin doʻsti boʻlgan Pinocchioni ozod qila olmaydi. Keyin oʻsha yerda moviy pari paydo boʻladi va Pinocchioni nega maktabga bormaganliginh soʻraydi. Jiminy Pinocchioni haqiqatni aytishga undaydi, biroq Pinocchio, aksincha yolgʻon gapiradi, bu esa burnining uzun boʻlib oʻsishiga olib keladi. Pinocchio bundan buyon rostgoʻy boʻlishga qasamyod qiladi va moviy pari burnini asl holiga qaytaradi hamda bu unga soʻnggi yordam ekanligi haqida ogohlantirib, uni ozod etadi.
Butun shahar boʻylab Honest John va Gideon, Pleasure oroliga boradigan yaramas bolalarni topganga pul toʻlashni vaʼda qilgan aravachini uchratishadi. Pul ishlab olishni koʻzlagan Honest John va Gideon, uyga ketayotgan Pinocchioni uchratib, Pleasure oroliga taʼtilga borish kerakligiga ishontirishadi. Pleasure oroliga borishda, Pinocchio Lampwick ismli bezori bola bilan doʻstlashadi. Pleasure oroliga borgan Pinocchio va u yerdagi boshqa bolalar, qonunga xilof tarzda chilim va sigaret chekish, qimor oʻynash, bezorilik kabi nomaqbul ishlar bilan mashgʻul boʻlishardi. Keyinchalik, Pinocchio uyga borishga harakat qilayotganda, Jiminy, orolda dahshatli laʼnat yashiringanligini aniqladi: Pleasure oroliga olib kelingan bolalar notoʻgʻri xatti-harakatlari uchun eshakka aylanishadi va keyinchalik sirkda qul sufatida sotilib yuboriladi. Jiminy Pinocchioni ogohlantirish uchun orqaga qaytadi. Qaytganda esa, faqat Lampwickning eshakka aylanishiga guvoh boʻladi. Jiminyning yordami bilan Pinocchio oroldan faqat eshak quloqlari va dumiga ega boʻlgan holda qochib qutuladi.
Uyga qaytgach, Pinocchio va Jiminy ustaxonani boʻm-boʻsh ekanligiga guvoh boʻlishadi. Tez orada ular Geppettoni Pinocchioni Pleasure orolidan qutqarish maqsadida dengizga chiqqanligi, lekin dahshatli ulkan kit — Monstro tomonidan yutib yuborilganligi va ayni damda kitning qornida yashayotgani haqida kaptar orqali xat olishadi. Otasini qutqarishga bel bogʻlagan Pinocchio, Jiminy bilan birga dengiz tomon oshiqadi. Pinocchioni tez orada Monstro ham yutib yuboradi va kitning qornida, u Geppettoni topadi. Pinocchio Monstrodan qutilish rejasini ishlab chiqadi hamda ularga qochish imkoniyatini beradi. Pinocchio tuzgan reja muvaffaqiyatli ishlaydi, biroq gʻazablangan kit ularni taʼqib qiladi. Keyin gʻorgacha taʼqib qilgan Mostro, toshlarga uriladi. Pinocchio Geppettoni Monstro, ularning ustiga qulab tushishidan oldin xavfsiz joyga olib oʻtadi. Geppetto, Figaro, Kleo va Jiminy sohilboʻyida xavfsiz va yuvilgan tarzda yotishibdi, biroq Pinocchio vafot etgan.
Uyga qaytgach, Geppetto, Jiminy va uy hayvonlari, Pinocchioni yoʻqotganlaridan qaygʻu chekmoqdalar. Shu payt, moviy pari Pinocchioning oʻzini jasur, rostgoʻy va fidoyi ekanligini isbotlaganiga qaror qildi; keyin uni mukofotlash maqsadida, Pleasure oroli laʼnatini bekor qiladi hamda uni tiriltirib, haqiqiy odam bolasiga aylantiradi. Pinocchio uygʻonadi. Endilikda haqiqiy bola ekanligini bilgan Pinicchio, barchani quvonch bagʻishlaydi. Jiminy pariga minnatdorchilik bildirish uchun tashqariga chiqadi hamda film tugashi bilan uni rasmiy vijdon sifatida tasdiqlaydigan oltin medal bilan taqdirlanadi.
Pinocchio | ||||
---|---|---|---|---|
Turli ijrochilar saundtreki | ||||
Chiqarilgan sanasi | 9-fevral, 1940-yil | |||
Yozib olingan sanasi | 1939—1940 | |||
Janr | saundtrek | |||
Leybl |
Victor Disneyland Records Buena Vista Records | |||
Disney film;ari saundtreklari xronologiyasi | ||||
|
Film taronalari Leigh Harline tomonidan bastalangan, taronalar matnini esa qoʻshiqnavis — Ned Washington yozilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.