Qilich metal yoki boshqa materiallardan tayyorlanadigan, uzun, keskir tigʻli, teshuvchi va kesuvchi quroldir. Turli madaniyatlarda qilichlar turlicha koʻrinishga va hajmlarda yasalgan. Qadimgi Rimda gladius, Yaponiyada katana, Gʻarbiy turkiy xalqlarda yotagʻon kabi qilichlar urf boʻlgan.

Qilich — chopish yoki sanchish bilan yovga shikast yetkazadigan tigʻli qurol. Birinchi bor qad. turkiy Urxun-Yenisey bitiklarida qayd etiladi. Dastlabki qilich xanjarsimon boʻlib, uchi oʻtkir, 2 tigʻli qilib yasalgan. Qilich dastasidan ushlaganda qoʻl tigʻ tomonga oʻtib ketmasligi uchun dasta bilan tigʻ ajratib qoʻyilgan. Qilichning qad. turlari suyakdan yasalgan, sirtiga chaqmoqtoshlar qoplangan va u faqat sanchish uchun yaroqli boʻlgan. Keyinchalik jez va temirdan tayyorlangan qilich ham sanchish, ham chopish uchun xizmat qilgan. 6—7-asrlarda Sharq mamlakatlarida bir tomonlama tigʻli egri qilich yasalgan. Uning uz. 80—90 sm, eni 3—3,5 sm boʻlib, qinda saqlangan. Maʼdanga ishlov berishning rivojlanishi oqibatida Q, sifati ham oshib borgan. Sharq davlatlarida Damashq poʻlatidan ishlangan qilich, Isfahon qilichi shuhrat qozongan. Hukmdorlar, lashkarboshilar, beklar va bahodirlar uchun yasalgan qilichlar oltin, kumush va qimmatbaho toshlar bilan ziynatlangan.

Qilichni asosan belga taqib tashiladi. Uning uchun maxsus kamar taqilishi ham mumkin. Urushda qilichlar ot jabdugʻiga taqiladi. Qilich uzunligi yarimdan ikki metrgacha bo'ladi. 2 metrdan uzun qilichlar ham bor. Qilichni muhofaza qilish uchun charm yoki boshqa materialdan qilingan qinga solinadi. Qilich sopi va qinini rasm, duo, bo'yoqlar bilan bezashadi.

Kunimizda oʻtochar qurollar tarqalishi bilan qilichlar dolzarb boʻlmay qoldi. Hozirda qilichlarni asosan kolleksiya yoki bezak uchun tayyorlashadi.

Galereya




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.