Qulf — 1) eshik, darvoza, sandiq, javon va boshqalarni qulflash uchun moʻljallangan, kalit bilan ochilib-yopiladigan moslama. Asosan, metalldan yasaladi. Dastlab, Ossuriya, Bobil va Misrda taxminan miloddan avvalgi 2- ming yillikda yaratilgan. Q. tuzilishi va mexanizmining ishlashiga qarab, turli shakldagi quzgʻaluvchan plastinalar majmuidan iborat suvaldali, suvalda-siz, silindrik, maxfiy xillarga boʻlinadi. Suvaldali Q. da kalit tilining chiqiqlari maʼlum pla-stinalar qirralari bilan mos kelgandagina buraladi va Q. ochiladi yoki yopiladi. Maxfiy Q. larda odatdagi Q. mexanizmlari ele-mentlaridan tashqari ularni kalit bilan yoki kalitsiz ochishga imkon beradigan harfli yoki raqamli shifr boʻladi. Maxsus Q. turlari (mas, zargarlik buyumlarida qoʻlla-niladigan Q.lar) ham bor; 2) meʼ-morlikda — gumbaz, ravoq tepasidagi oʻrta qism.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.