From Wikipedia, the free encyclopedia
Qum(tuproq) — bir-biri bilan birlashmaydigan, erneng unimdor qatlami,mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi. Togʻ jinslarining mayda boʻlakcha (parcha)lari va turli minerallarning dumaloq va qirrali zarrachalaridan tarkib topgan.
Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra Qum daryo, koʻl, dengiz, flyuvioglyatsial, elyuvial, prolyuvial va eol Qumlarga boʻlinadi. Odatda, Qumning oʻlchami 0,05 mm dan 2 mm gacha boʻladi. Ular mayda donachali (0,1—0,25 mm), oʻrta donachali (0,25—0,5 mm), yirik donachali (0,5–1 mm) va juda yirik donachalidir (1–2 mm). Q, mineralogik tarkibiga koʻra, kvarsli, glaukonit-kvarsli, dala shpati-kvarsli va boshqa turlarga boʻlinadi. tarkibiy qismiga qarab, bir mineralli (oligomikt) va koʻp mineralli (polimikt) Qum farq qilinadi. Qum konlari keng tarqalgan. Qumda oltin, platina, olmos, sapfir, rubin, sirkon, rutil, tita-nit, ilmenit va boshqa koʻpgina qimmat-baho minerallar mavjud; bu minerallarning bir qismi foydali qazilma sifatida ajratib olinadi. Tabiiy va sunʼiy (togʻ jinslarini maydalash yoʻli bilan olinadigan) Qumdan qurilishda va qurilish materiallari ishlab chiqarishda; kvarsli Qumdan shisha, chinni, fayans, qurilish keramikasi ishlab chiqarish hamda quyma shakllar yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.