Robert Hooke (talaffuzi: Robert Huk; 1635-yil 18-iyul, Uayt oroli — 1703-yil 3-mart, London) — ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtirochisi. Hooke havo nasosi va burama barometr ixtiro qilgan, mikroskop, koʻzguli teleskop, shamol kuchini oʻlchaydigan va b. asboblarni takomillashtirgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimasining hujayralardan tuzilganligini tekshirgan („hujayra“ soʻzini fanga Hooke kiritgan). Hooke Gyuygens bilan birga termometrning doimiy nuqtalari: muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Elastik jismlarga qoʻyilgan kuch bilan uning deformatsiyasi orasidagi bogʻlanish qonunini kashf etgan (qarang Hooke qonuni). Hooke osmon jismlari bir-biriga tortiladi, degan fikrni ilgari surgan, tortishish kuchlari masofa kvadratiga teskari mutanosib ekanligi, sayyoralar elliptik orbitalar boʻyicha harakatlanishini aniqlagan. Yorugʻlikning toʻlqin tabiati haqidagi nazariyani quvvatlagan.

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Robert Hooke
Thumb
Tavalludi 18 (28) iyul 1635[1]
Vafoti 3 (14) mart 1703[1]
Fuqaroligi Kingdom of England
Otasi John Hooke
Onasi Cecily Gyle
Yopish

Manbalar

Adabiyotlar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.