yozuvchi va kinodramaturg, noshir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va „Doʻstlik“ (2002) ordeni sohibi From Wikipedia, the free encyclopedia
Shoyim Boʻtayev (1959-yil 20-iyun) — yozuvchi va kinodramaturg, noshir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va „Doʻstlik“ (2002) ordeni sohibi[1][2].
Shoim Boʻtayev | |
---|---|
Tavalludi |
20-iyun 1959-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Shoh asari |
„Sirli yulduzlar“ "Dunyoning sarhisobi bor" "Endi bari boshqacha" |
Mukofotlari |
1959-yil 20-iyunda Tojikistonning Oʻratepa tumanidagi Maydoncha qishlogʻida tugʻilgan.
O‘rta maktabni 1976-yilda tamomlagan va 1982-yili Leninobod hozirgi Xo‘jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini „Guliston“ jurnalidan boshlab, keyinchalik „Tong yulduzi“ gazetasida boʻlim mudiri, „Choʻlpon“ nashriyotida muharrir boʻlib ishladi.
Oʻzbekiston radiosining „Adabiyot va radioteatr“ muharririyatining bosh muharriri hamda „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritdi.
Hikoyalar toʻplami
Esselari „Qoʻrgʻonlangan oy“, „Shoh“, „Yettinchi tong“ romanlari, „Shukur Burhon“, „Odil Yoqubov fenomeni“, „Shukur, ayt-chi bu hayot nima?“ (Shukur Xolmirzayev haqida) esselari bilan kitobxonlar orasida keng tanilgan. „Orfey iltijosi xaloskori“(I. V. Savitskiy haqida)[3] deb nomlangan essesi „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika koʻrik tanlovida gʻolib boʻlgan. Teleseriallar „Bogʻ“, „Dil payvandi“, „Qaldirgʻochlar yana qaytadi“, „Beshovlon“ singari teleseriallar hamda „Muzaffar“, „Sarvinoz“ deb nomlangan badiiy filmlar adabiy ssenariylariga, shuningdek, oʻnlab hujjatli filmlar va radiopostanovkalar ssenariylariga mualliflik qilgan.
Ayni damda yozuvchi „Shox“ nomli romani ustida ish olib bormoqda.
Yozuvchining bir qator asarlari rus, tojik, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan.
Shoyim Boʻtayev adabiy-ijtimoiy faoliyati davlat tomonidan munosib baholanib 2002-yilda yuksak mukofot — „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlandi.
Taniqli yozuvchi, kinodramaturg Shoyim Bo‘tayev adabiyot ixlosmandlarining chanqogʻini qondirish maqsadida madaniy va maʼrifiy tadbirlada faol ishtirok etib[4][5], inson tafakkurini oʻsishiga, maʼnaviy dunyoqarashini boyitishda kitobxonlik va kitobsevarlikning oʻrni beqiyos ekanligini alohida tarannum etadi.[6]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.