Sochi — Rossiya Federatsiyasi Krasnodar oʻlkasidagi shahar (1896-yildan). Qora dengiz sohilidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 444,9 ming kishi (2024). Sochi dengiz sohili boʻylab Shepsi daryosidan Psou daryosigacha 150 km ga choʻzilgan (1961-yil chegarasi doirasida) va Adler, Xosta, Markaziy, Lazarevsk tumanlarini va Magri, Makopse, Ashe, Lazarevsk, Golovinka, Loo, Dagomis, Mamayka, Xosta, Kudepsta, Adler va Krasnaya Polyana kurort shaharchalarini oʻz ichiga oladi. Yirik aeroport (Adler) bor. Butun soxil kurort zonasiga aylantirilgan: Rossiya Federatsiyasining eng yirik dengiz boʻyi balneologik va iqlim kurortlaridan biri. Iklimi nam subtropik iqlim (yanvarning oʻrtacha temperaturasi 6°, iyulniki 25°, 28°. Iillik yogʻin 1400 mm. Yilning eng yaxshi davri — sentyabr va oktyabr Matsestaning vodorod sulfidnatriy xloridli suvlari ayniqsa mashhur. Sochida 50 sanatoriy, 82 dam olish uyi, 10 turistik baza va kempinglar, 3 turistik lager bor. Kurortlar ehtiyojini qondirishga ixtisoslashgan 40 sanoat korxonasi (goʻsht, sut, mevakonserva, non va boshqalar) mavjud Sochida Krasnodar politexnika institutining umumtexnika fakulteti, Kurortologiya va fizioterapiya, togʻ bogʻdorchilik va gulchiligi ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy tadqiqot oʻrmon tajribasi stansiyasi, 4 muzey (shu jumladan, N.A.Ostrovskiy nomidagi adabiymemorial muzey, oʻlkashunoslik muzeyi va boshqalar), teatr, dendrariy, sirk, tisssamshit oʻrmonzorlar qoʻriqxonasi bor. Shaharga 1838-yilda asos solingan. Kurort sifatida 1902-yildan rivojlana boshladi.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.