From Wikipedia, the free encyclopedia
Sofía Margarita Vergara Vergara (talaffuzi: Sofiya Margarita Vergara Vergara; 1972-yil 10-iyulda tugʻilgan)[1][2] — amerikalik aktrisa va model. U 2013-yildan 2020-yilgacha Amerika televideniyesida eng koʻp maosh oluvchi aktrisa boʻlgan.[3][4][5]
Vergara 1990-yillarning oxirida ispan tilidagi „Univision“ televideniyesi uchun ikkita telekoʻrsatuvni olib borib tezda mashhur boʻldi. Uning ingliz tilidagi birinchi taniqli aktyorlik ishi, 2003-yilda „Chasing Papi“ filmida suratga tushish boʻlgan. Keyinchalik u „Four Brothers“ (2005) va Tyler Perryning „Meet the Browns“ (2008) va „Madea Goes to Jail“ (2009) komediyalarida rol ijro etadi. „ALMA Award“ning nominatsiyasiga sazavor boʻldi. 2009-yilda u „ABC“ komediya seriyasi boʻlgan „Modern Family“da, Gloriya Delgado-Pritchett rolini oʻynay boshladi, Vergara shu roli uchun toʻrtta Oltin Globus mukofotiga, toʻrtta Primetime Emmy Awards va oʻn bitta Screen Actors Guild Awards mukofotlarida taqdirlandi.
Vergara "Smurflar" (2011), "New Year’s Eve" (2011), "The Three Stooges" (2012), „Machete Kills“ (2013), „Fading Gigolo“ (2013), „Chef“ (2014) va "Hot Pursuit" (2015) filmlarida ham ijod qilgan. U shuningdek, Happy Feet Two (2011), Escape from Planet (2013) va The Emoji Movie (2017) animatsion filmlarida qahramonlarga ovoz bergan edi. Vergara 2020-yilda ham eng koʻp maosh oluvchi Hollywood aktrisasi boʻldi. 2020-yildan beri Vergara Americaʼs Got Talent hakamlik qiladi.[6]
Vergara Rim-katolik oilasida,[7] Barranquilla shahrida tugʻilgan.[8] Uning onasi Margarita Vergara de Vergara uy bekasi, otasi Hulio Enrique Vergara „Robayo“ goʻsht zavodi uchun goʻsht yetkazib beruvchi chorvador edi.[9][10][11] Uning besh ukasi bor. Ukalari va amakivachchalari unga „Toti“ laqabini qoʻyishgan.[12] Vergara dastlab Kolumbiya Milliy universitetida stomatologiya boʻyicha uch yil oʻqigan. Biroq u modellik va shou-biznes bilan shugʻullanish maqsadida universitetni tamomlashiga ikki semestr qolganda tashlab ketgan.[13]
1998-yilda uning akasi Rafael Vergarani jinoyatchilar tomonidan oʻgʻirlashga urinayoygan paytida oʻldirilgan. Shundan keyin, Vergara AQShga koʻchib ketadi. Florida shtatining Mayami shahriga borib joylashadi.[14] Uning amakivachchasi va asrab olingan singlisi Sandra ham Qoʻshma Shtatlarda kino sohasida ishlashadi.[15][16]
Bir kuni AQShda plyajda kezib yurganda uni koʻrib qolgan fotograf uni suratga olishga taklif qiladi. Shu tariqa Vergara shou-biznesga kirib keldi.[17] U birinchi telekoʻrsatuvida suratga olish payti qoʻrqqan.[18] U birinchi marta 17 yoshida Lotin Amerikasida namoyish etilgan Pepsi reklama roligida chiqdi.[19] Keyin u „Creative Workshops“ aktyorlik maktabida oʻqishni boshladi.[20]
2011-yilda Vergara Cover Girlning reklama yuzi deb topildi va birinchi reklamala roliklari 2012-yil yanvar oyida paydo boʻldi.[21] 2011-yil aprel oyida u David Beckham[22] bilan Diet Pepsi reklama roligida va 2012-yilning yanvar oyida boshqa yulduzlar[23] bilan suratga tushdi. Shuningdek, 2011-yilda Vergara Kmart uchun kiyim-kechak ishlab chiqarayotgani eʼlon qilindi.[24] Comcast kompaniyasining „Xfinity“ brendi uchun bir qator reklama roliklarida suratga tushdi.[25] Vergara rejissor Li Daniels tomonidan suratga olingan mustaqil drama „The Paperboy“ filmida suratga tushishi kerak edi. Suratga olish ishlari bir haftaga kechiktirilganda va uning „Modern Family“ ning uchinchi mavsumi uchun suratga olish ishlarida qatnashgani uchun, vaqt yetishmaganligi sababli oʻqishni tashlab ketdi.[26] 2011-yil iyul oyida u aka- uka Farrellilarning "The Three Stooges" filmini suratga tushdi. Bu uning yirik filmdagi birinchi bosh roli edi. U shunday degan edi: „Men erini oʻldirishga harakat qiladigan yomon ayolni oʻynayman, shunda u hamma pulni oladi.“[27] 2012-yil aprel oyida u oʻgʻli Manoloning YouTube veb-serialidagi Vida con Totyda paydo boʻldi.[28]
Vergara 2012-yil 18-iyulda Forbes.com tomonidan eʼlon qilingan roʻyxatda, oldingi 12 oy davomida 19 million dollar ishlab topgan AQSh televideniyesidagi eng koʻp maosh oluvchi ayol boʻldi.[29][30] Vergara „People“ jurnalining „50 ta eng goʻzal odamlar“ roʻyxatiga kiritilgan va The Hollywood Reporter va Billboard tomonidan Hollywooddagi eng nufuzli lotin ayollaridan biri deb atalgan. Vergara 2015-yil 7-mayda Hollywood „shon-shuhrat xiyoboni“ yulduzini oldi[31][32] 2013-yilda u Diet Pepsi, Rooms To Go va Synthroid dori-darmonlari bilan reklama kelishuv shartnomalarini imzoladi. 2015-yilda Forbes Vergaraning yillik daromadini 28,5 million dollarga baholagan.[33] U ABC telekanalining „Zamonaviy oila“ filmida Gloriya Delgado-Pritchett rolini ijro etgan. Buning uchun u 2010-yildan 2013-yilgacha komediya serialida eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa uchun „Primetime Emmy“ mukofotiga nomzod boʻlgan.[34]
2014-yilda Vergara Amerikaning kepakka qarshi shampun „Head & Shoulders“ brendining vakili va reklama yuzi boʻldi.[35][36][37] 2016-yil sentabr holatiga koʻra, Forbes talqiniga koʻra, Vergara oʻtgan yili 43 million dollar daromad olib, televidenieda eng koʻp maosh oluvchi aktrisa boʻlgan.[38] 2017-yil mart oyida u muommolarga duch keldi.[39] 2020-yil fevral oyida Vergara oʻn beshinchi mavsumidan boshlab „Americaʼs Got Talent“ shousida hakam boʻlishi eʼlon qilindi.[40]
Vergara tabiiy ravishda sariq sochlarga ega. Filmlar va televideniye uchun undan baʼzan ispancha goʻzallikni tarannum etish uchun, sochlarini toʻq jigarrang yoki qora rangga boʻyash soʻraladi.[41][42] Vergara 18 yoshida oʻzining oʻrta maktabdagi sevgilisi Joe Gonzalezga turmushga chiqdi. Ularning 1991-yil sentabrda tugʻilgan Manolo ismli oʻgʻillari bor.[43][44] Ular 1993-yilda ajrashishdi Vergara va uning yangi yigiti Nick Loeb ikki yil uchrashgandan keyin 2012-yilda unashtirilgan edi. 2014-yil 23-mayda Vergara unashtiruv bekor qilinganini eʼlon qildi.[45] Vergara va „True Blood“ yulduzi Jo Manganiello 2014-yil Rojdestvo kunida olti oy davom etgan uchrashuvidan keyin unashtirilgan.[46] Ular 2015-yil 21-noyabrda Florida shtatining Palm-Bich shahrida turmush qurishdi.[47][48]
Vergara 2000-yilda qalqonsimon saraton kasalligiga chalingan. U qalqonsimon bezni olib tashladi, radioyod terapiyasidan oʻtdi va toʻliq tuzalib ketdi.[49] U gipotireozning oldini olish uchun dori-darmonlarni qabul qiladi.[50] 2011-yil 9-mayda Vergaraning ukasi Julio oʻsha yilning aprel oyida hibsga olinganidan soʻng Qoʻshma Shtatlardan Kolumbiyaga deportatsiya qilindi. Julio, shuningdek, uzoq vaqt davomida giyohvandlik kasaliga chalingan.[51][52] Vergara „Parade“ jurnaliga ukasi haqida shunday dedi: „Kimnidir 10 yil davomida, asta-sekin oʻlayotganini koʻrish — bu eng yomon jazo. Endi u boshqa odamga oʻxshaydi“.[53] 2014-yil dekabr oyida „Jimmy Kimmel Live“dagi chiqishida Vergara fuqarolik imtihonida mukammal ball olganidan keyin Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarosi boʻlganini maʼlum qildi.[54][55]
2015-yildan 2017-yilgacha Vergara Loeb bilan munosabatda boʻlganida in vitro urugʻlantirish natijasida hosil boʻlgan ikkita urugʻlantirilgan embrionning kelajagi boʻyicha huquqiy tortishuvda ishtirok etgan.[56] Embrionlar Kaliforniyadagi tibbiy klinikadagi kriokonservatsiyada saqlangan.[57] 2014-yilda er-xotin ajralishgan.[58]
2016-yil dekabr oyida Luiziana shtatida Vergaraning embrionlariga daʼvogar sifatida Vergaraga qarshi yashash huquqi uchun daʼvo qoʻzgʻatildi. Embrionlar sud jarayonida „Emma“ va „Izabella“ deb nomlandi va ularning „ishonchli vakili“ Vergara bilan aloqasi boʻlmagan Nyu-Orleanlik Jeyms Charbonnet ismli shaxs qayd etildi. Daʼvo qoʻzgʻashdan maqsad embrionlarni surrogat ona yordamida rivojlantirish, tugʻilishi va ular uchun berilgan va Charbonnet tomonidan boshqariladigan meros ishonchidan foydalanish masalalari turardi.[59][60][61][62][63]
Yili | Nomi | Rol | Eslatma |
---|---|---|---|
2002 | Collateral Damage | Airplane Hijacker | Oʻchirilgan[64] |
Big Trouble | Nina | ||
2003 | Chasing Papi | Cici | |
2004 | The 24th Day | Isabella | |
Soul Plane | Blanca | ||
2005 | Lords of Dogtown | Amelia | |
Four Brothers | Sofi | ||
2006 | Grilled | Loridonna | |
National Lampoonʼs Pledge This! | Herself | ||
2008 | Tyler Perry’s Meet the Browns | Cheryl | |
2009 | Madea Goes to Jail | T. T. | |
2011 | The Smurfs | Odile Anjelou | |
New Year’s Eve[65] | Ava | ||
Happy Feet Two | Carmen | Ovoz bergan | |
2012 | The Three Stooges | Lydia Harter | |
2013 | Escape from Planet Earth | Gabby Babblebrook | Ovoz bergan |
Fading Gigolo | Selima | ||
Machete Kills | Madame Desdemona | ||
2014 | Chef | Inez | |
2015 | Wild Card | D. D. | |
Hot Pursuit | Daniella Riva | Shuningdek, ijrochi produser | |
2017 | The Female Brain | Lisa | |
The Emoji Movie | Flamenco Dancer | Ovoz bergan[66] | |
2018 | Bent | Rebecca | |
The Con Is On | Vivien | ||
2019 | Bottom of the 9th | Angela Ramirez | |
2021 | Koati | Zaina[67] | Ovoz bergan |
Yili | Nomi | Roli | Eslatma |
---|---|---|---|
1995 | Acapulco, cuerpo y alma | Irasema | Telenovella |
1995-1998 | Fuera de serie | Herself | Hammualliflik |
1999 | A que no te atreves | ||
Baywatch | Qism: „yigitlar oʻgʻil boʻladi“ | ||
2000 | Club La Bomba | Herself | Hammualliflik |
2002 | My Wife and Kids | Selma | Qism: „Samba Hikoyasi“ |
2004 | Eve | April Perez | Qism: „har doim partiya“ |
Rodney | Carmen | Qism: „Orzu Sevgilisi“ | |
2005 | Hot Properties | Lola Hernandez | Asosiy rol (13 qism) |
Punk’d[68] | Herself | 5-mavsum | |
2007 | Entourage | Village Girl | Qism:"oʻrmonga xush kelibsiz" |
Amas de Casa Desesperadas | Alicia Oviedo | 23-qism | |
The Knights of Prosperity | Esperanza Villalobos | ||
Dirty Sexy Money | Sofía Montoya | 4-qism | |
2008 | Fuego en la sangre | Leonora | 10-qism |
Men in Trees | Pilar Romero | 2-qism | |
2009 | Dancing with the Stars | Herself | |
2009-2020 | Modern Family | Gloria Delgado-Pritchett | |
2011 | Sesame Street | Herself | |
2012 | Saturday Night Live | Herself (Host) | |
2013 | The Cleveland Show | Señora Chalupa (voice) | Maxsus qism: „The Essence of Cleveland“ |
2013-2017 | Family Guy | Flower Saleswoman / Hispanic Woman / Gloria (voice) | 2-qism Episodes, „The Giggity Wife“ „Emmy Winning Episode“ |
2014 | Killer Women | N/A | Produser |
2016 | The Simpsons | Carol Berrera (voice) | Maxsus qism: „Teenage Mutant Milk-Caused Hurdles“ |
2020-present | Americaʼs Got Talent | Herself/Judge | 15-mavsum |
TBA | Griselda | Griselda Blanco | Asosiy rol, shuningdek ijrochi produser[69] |
Year | Title | Artist |
---|---|---|
1997 | "Que Diera" | Carlos Vives |
2020 | "Yo Visto Así" | Bad Bunny |
2014-yilda Vergara Forbes talqini boʻyicha dunyodagi eng kuchli ayollar roʻyxatida 32-oʻrinni egalladi. Uning pozitsiyasi oʻtgan yili 38 oʻrinda edi.[71]
yil | Mukofotlar | Oʻynagan filmi va seriali | Natijasi |
---|---|---|---|
2006 | Black Reel Awards | Four Brothers | Nominatsiya |
2009 | ALMA Awards | Madea Goes to Jail | Nominatsiya |
Screen Actors Guild Awards | Modern Family | Nominatsiya | |
2010 | Golden Globe Awards | Nominatsiya | |
Imagen Foundation Awards | Nominatsiya | ||
Primetime Emmy Awards | Nominatsiya | ||
Screen Actors Guild Awards | Nominatsiya | ||
Gʻolib | |||
2011 | ALMA Awards | Nominatsiya | |
Golden Globe Awards | Nominatsiya | ||
NAACP Image Awards | Gʻolib[72] | ||
Critics' Choice Television Awards | Nominatsiya | ||
Primetime Emmy Awards | Nominatsiya | ||
Satellite Awards | Nominatsiya | ||
Screen Actors Guild Awards | Gʻolib | ||
Nominatsiya | |||
2012 | Nominatsiya | ||
Gʻolib | |||
ALMA Awards | The Three Stooges | Nominatsiya | |
Modern Family | Nominatsiya | ||
NAACP Image Awards | Nominatsiya | ||
Primetime Emmy Awards | Nominatsiya | ||
Golden Globe Awards | Nominatsiya | ||
Kids' Choice Awards | The Smurfs | Nominatsiya | |
Glamour Awards | N/A | ||
2013 | Screen Actors Guild Awards | Modern Family | Gʻolib |
Golden Globe Awards | Nominatsiya | ||
Primetime Emmy Awards | Nominatsiya | ||
Peopleʼs Choice Awards | Nominatsiya | ||
2014 | NAACP Image Awards | Nominatsiya | |
Kids' Choice Awards | Nominatsiya | ||
Screen Actors Guild Awards | Nominatsiya | ||
2015 | NAACP Image Awards | Nominatsiya | |
Peopleʼs Choice Awards | Nominatsiya | ||
Screen Actors Guild Awards | Nominatsiya | ||
2016 | Nominatsiya | ||
Imagen Foundation Awards | Nominatsiya | ||
Kids' Choice Awards | Nominatsiya | ||
Premios Juventud | Nominatsiya | ||
Peopleʼs Choice Awards | Nominatsiya[73] | ||
Hot Pursuit | Nominatsiya[73] | ||
2017 | Modern Family | Gʻolib[74] | |
2018 | Nominatsiya[75] | ||
2020 | Nominatsiya[76] | ||
Gʻolib[76] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.