Suvsarlar (Mustelidae) – yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasi choʻziq, egiluvchan, oyoqlari kalta va 5 barmoqli, tirnoqlari ichiga tortilmaydi. Ayrim turlarida barmoqlari orasiga parda tortilgan; dengiz qunduzi (kalan)ning orqa oyoqlari eshkakka aylangan. Suvsarlar – tovonda va yarim tovonda harakatlanuvchi hayvonlar. Yungi qalin va yumshoq. Koʻpchilik suvsarlar yilda 2 marta tullaydi. Anal bezlari oʻtkir hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. Suvsarlar sistematikasi aniq ishlab chiqilmagan. Odatda, 64 tur, 24 uru/ga ajratiladi. Oʻzbekistonda 9 turi (qunduz, asalxoʻr, boʻrsiq, togʻ suvsari, olakoʻzan, qora latcha, oq latcha, sassiqkoʻzan, amerika norkasi) uchraydi. Har xil biotoplar (suv, quruqlik)da yashaydi; in kovlaydi yoki boshqa hayvonlar qazigan inlardan foydalanadi. Amerika norkasi iqlimlashtirilgan, asosan, maxsus moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik suvsarlar etxoʻr hayvonlar; zararkunanda kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. Suvsarlar qimmatli moʻynasi uchun ovlanadi, bir qancha turlari moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik turlari soni keskin kamayib ketganligi sababli Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.