From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (avvalgi nomi Toshkent islom universiteti) – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi oliy taʼlim muassasasi[2][3].
Xalqaro nomi |
International Islamic Academy of Uzbekistan |
---|---|
Turi | Akademiya |
Asos solingan sanasi | 2018 |
Rektori | Uyg‘un Gʻofurov[1] |
Talabalari | 1800 |
Manzili |
Abdulla Qodiriy koʻchasi 11, Toshkent shahri, Oʻzbekiston |
Veb-sayti | www.iiau.uz |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi „Diniy maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5416sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va Oʻzbekiston islom akademiyasi negizida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.
Mutaxassisliklari boʻyicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni diniy (Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi, dinshunoslik) va dunyoviy (xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash; respublikadagi barcha islom taʼlim muassasalari faoliyatini oʻquv-meyoriy va oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlash hamda muvofiqlashtirish; islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran oʻrganish hamda targʻib etish; – kadrlar tayyorlash jarayoniga mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish orqali ilm-fan hamda taʼlimning oʻzaro integratsiyasini chuqurlashtirish; oʻqitishning zamonaviy uslub va metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng joriy etish asosida taʼlim sifatini oshirish; ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha diniy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlardagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Internet tarmogʻida taʼlim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish; islom olamida yuzaga keladigan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy va ilmiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.