![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/12/Tdau_bino.jpg/640px-Tdau_bino.jpg&w=640&q=50)
Toshkent davlat agrar universiteti
Hozirda Toshkent Davlat Agrar Universitetining Germaniya,Polsha,Afg'oniston va boshqa davlatlar bilan shartnomalari mavjud / From Wikipedia, the free encyclopedia
41°21′43.999991999999″N 69°20′26.000015999995″E
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
![]() | Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU, TSAU, ТГАУ) | |
---|---|
![]() | |
Asl nomi | Toshkent davlat agrar universiteti |
Xalqaro nomi | Tashkent state agrarian university |
Asos solingan | 1930 |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Birinchi prorektor: Islamov Sohib Yaxshibekovich |
Talabalari | 11,000+ |
Bakalavriat | 25 ta yoʻnalish |
Magistratura | 24 ta mutaxassislik |
Akademiklar | 1 ta |
Fan doktorlari | 16 ta |
Professorlar | 16 ta |
Manzili | Universitet koʻchasi 2 uy, Toshkent, 100020, Oʻzbekiston |
Vebsayti | www.tdau.uz |
Toshkent davlat agrar universiteti — qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. 1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi, bu institut 1934—91-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi, 1991-yilning aprelda Toshkent davlat agrar universitetiga aylantirildi.
Universitetda (2004): agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; kasbiy taʼlim; sirtqi taʼlim; magistratura mutaxassisliklari, 35 kafedra faoliyat koʻrsatadi, muzey (1980), ilmiy kutubxona (1 mln. dan ortiq asar), qishloq xoʻjaligi. kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi bor. 32 ga haydaladigan yer va 1 ga issikxona maydoni boʻlgan oʻquv-tajriba xoʻjaligi, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida 2480 ga haydaladigan yer, 4 ga issiqxona maydoni, chorvachilik fermasi va boshqa ishlab chiqarish obyektlari boʻlgan oʻquv-tajriba xoʻjaligi; agroekologiya ilmiy markazi, biotexnologiya laboratoriya, etnomofaglarni koʻpaytirish boʻyicha biolaboratoriya, fungimarkaz kabi ilmiy ishlab chiqarish., tadbirkorlik ilmiy boʻlinmalar faoliyat koʻrsatadi. 1992-yilda bakalavriat bosqichida mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus filiali tashkil etilgan. 2003/04 oʻquv yilida 5321 talaba, shu jumladan, kunduzgi boʻlimda 3047, sirtqi boʻlimda 2040 bakalavr, 236 magistr talabalar oʻqidi, 457 professor-oʻqituvchi, shu jumladan, 53 fan doktori va 166 fan nomzodi ishladi.