Trayan
From Wikipedia, the free encyclopedia
Trayan yoki Traianus (lotincha: Marcus Ulpius Nerva Traianus; 53—117) — Rim imperatori (98 yildan). Antoninlar sulolasidan. Trayanning bosqinchilik urushlari natijasida Rim imperiyasi chegaralari nihoyatda kengaygan: Dakiya (106), Arabiston (106), Buyuk Armaniston (114), Mesopotamiya (115) egallangan. Keyinchalik Adrian davrida Armaniston va Mesopotamiya imperiyadan ajrab chiqqanlar. Trayan davrida Rim va (Trayan forumi, Trayan ustuni va boshqalar) provinsiyalarda (yoʻllar, koʻpriklar, kanallar) faol kurilish ishlari olib borilgan.
Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Trayan | |
---|---|
Tavalludi | 18-sentyabr 53 |
Vafoti | avgust 117 |
Fuqaroligi | Qadimgi Rim |
Otasi | Marcus Ulpius Traianus va Nerva |
Onasi | Marcia |
Yopish
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |