UEFA Yevropa chempionati 2016 C guruhi
From Wikipedia, the free encyclopedia
UEFA Yevropa chempionati 2016 C guruhi Olmoniya, Ukraina, Polsha va Shimoliy Irlandiya terma jamoalaridan tashkil topgan. Ushbu guruhda faqat Olmoniya terma jamoasi sobiq Yevropa chempionati gʻolibi hisoblanadi. Oʻshanda Olmoniya 1-oʻrinni 3 marta (1972, 1980-yili Gʻarbiy Olmoniya sifatida, 1996-yili Olmoniya sifatida) qoʻlga kiritgan. Shimoliy Irlandiya ilk bora Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda.Ushbu guruh oʻyinlari 2016-yilning 12-iyunidan 21-iyuniga qadar boʻlib oʻtadi.