From Wikipedia, the free encyclopedia
Chala maqola — Vikipediya loyihalarida baʼzi-bir foydali maʼlumot keltirilgan, lekin mavzusi hali ensiklopedik ravishda toʻliq yoritilmagan maqola. Aksar hollarda bunday maqola faqatgina bir necha gapdan (taʼrif va/yoki eng umumiy axborotdan) iboratdir. Asta-sekin bunday maqolalar Vikipediya qonun-qoidalariga asosan toʻldirishi lozim. Chala maqolalarga odatda {{stub}} andozasi qoʻyiladi, lekin uni imkon boricha tematik andozaga almashtirish tavsiya etiladi.
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya maqolalari mazmunini tartibga soluvchi koʻrsatmalarning bir qismidir. Unga amal qilish tavsiya etiladi, lekin u — aqida emas; idrok bilan ish tuting. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Chala maqolalarning oʻchirilishi kerak boʻlgan maqolalardan farqi: a) mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega; b) eng muhim boʻlimlar, kamida bitta turkum, kerakli andozalar va intervikilar (agar boʻlsa) mavjud. Chala maqolalar kichik hajmga ega boʻladi, lekin barcha kichik maqolalarni chala maqolalar safiga qoʻshish notoʻgʻri. Baʼzi maqolalar mavzusiga oid axborot kamligi sabab kichik boʻlishi mumkin.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.