Vikipediya:Vikipedigolik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vikipediyaga berilib ketgan, taqdirini Vikipediya bilan bogʻlagan, vikiman (Homo wikiaddictus) — Vikipediyaga yoki boshqa viki loyihalarga giyohvandlik misoli oʻrgangan kishi. Keng tarqalgan koʻrinishlaridan biri — jabrlanuvchining Vikipediya maqolalarini oʻrtacha odamga qaraganda ancha tez oʻqishi yoki tahrirlashidir. Yana bir umumiy xususiyati — Vikipediya oxirgi oʻzgarishlar boʻlimiga doimiy ravishda ochiq boʻlgan veb-brauzer tez ochish havolasini (yoki kuzatuv roʻyxatini havolasini) ish stoliga joylashtirib qoʻyishdir. „Tasodifiy maqola“ tugmasini tez-tez bosib turuvchilar ham, oʻzlari qiziqib qolgan foydalanuvchilarning tahrirlarini cheksiz kuzatib boruvchilar ham vikigoliklardir. Ushbu kasallik, har qanday giyohvandlik kabi, jabrlanuvchi hayotining boshqa barcha sohalarida mahsuldorlikning jiddiy pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ular Vikipediyaga mukkasidan ketganlar deb ataladi. Ularni masxara qilish va chetga surib qoʻyish kerak emas.
Rasmiy vikipedigolik testidan oʻtib, foydalanuvchi oʻziga tashxis qoʻyishi mumkin.
2001-yil yanvar oyida Vikipediyaning yaratilishidan boshlab, unga akademiklardan tortib, shunchaki zerikkan odamlar va umuman olganda, yuqori aqliy qobiliyatga ega boʻlgan odamlar hissa qoʻsha boshladi.
Muqobil giyohvandlik — „vikistalking“dir.
Vikistalkerlar tahrirlash odatidan xalos boʻlishgan. Ular daqiqali oʻzgarishlarni ham tomosha qilishdan zavqlanishadi. Doimiy ravishda Yangi sahifalarni tekshiradilar.
Vikigoliklarni koʻpincha „botanik“ deb atashadi, bu atama salbiy maʼnoda ishlatiladi. Haqiqatan, ular qancha koʻp maqolalarni oʻqib, miyalariga singdirsa, shuncha super-sapiens boʻlib boradi.