![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/Wroclaw_-_Ostrow_Tumski.jpg/640px-Wroclaw_-_Ostrow_Tumski.jpg&w=640&q=50)
Wrocław
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vrotslav — Polshaning janubigʻarbidagi shahar. Vrotslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Vrotslav yilnomalarda dastlab 980 yilda Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945-yilgacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vrotslav yirik sanoat shahri va muhim temir yoʻl tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, oʻlchov asboblari, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vrotslavda universitet, ilmiy tadqiqot va politexnika institutlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklar koʻp: bir necha cherkov, ratusha binosi (14—16-asrlar) va boshqa saqlangan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/Wroclaw_-_Ostrow_Tumski.jpg/640px-Wroclaw_-_Ostrow_Tumski.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bb/Wroc%C5%82aw_Collage.png/640px-Wroc%C5%82aw_Collage.png)