Xorvatiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (Večernji roʻyxati)
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Xorvatiyaning eng mashxur futbolchisi "(xor.:)- Xorvatiyadagi eng obroʻli futbol mukofatini olgan. Bu Xorvatiyaning Večernji roʻyxati tomonidan oʻtgan yilning eng yaxshi xorvatiyalik futbolchisiga, qaysi liga yoki mamlakatda oʻynaganidan qatʼiiy nazar, beriladi. Eng yaxshi futbolchini tanlash ball tizimiga asoslanib, futbolchining klub miqyosida ham, Xorvatiya terma jamoalari darajasidagi oʻyinlari natijalariga qaraladi. Bu mukofot odatda Xorvatiya futbol assotsatsiyasi tomonidan uyushtiriladigan tadbirda topshiriladi.
Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi 1972-yilda joriy etilgan va 1990-yilgacha oʻtgan yilning eng yaxshi Yugoslaviya futbolchisiga berilgan. Yugoslaviyaning eng yaxshi futbolchisi mukofotining vorisi hisoblanadi. 1991-yilda Xorvatiya mustaqillikka erishganidan keyin ushbu mukofot Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisiga topshirilib kelinmoqda. 2020-yil boshida Luka Modrich olingan mukofotlar soni bo‘yicha rekordchi — uning 7 ta mukofoti bor[1]. Ikkinchi oʻrinni 2000-yillar boshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan (oltita mukofot bilan) Davor Shuker[2][3][4][5]. Ulardan 2003 yildan 2005 yilgacha ketma-ket uch marta „Eng yaxshi Xorvatiya futbolchisi“ unvoni bilan taqdirlangan Dado Prsho[2] sezilarli darajada ortda qoldi.
1995-yilda, mavjud mukofotga qoʻshimcha ravishda, "Yil umidi" mukofoti (xorvatcha: Nada godine), Xorvatiyaning eng yaxshi yosh futbolchisiga taqdim etildi[6]. 2020 yil holatiga koʻra, faqat Ivitsa Olich va Luka Modrich „Eng yaxshi Xorvatiya futbolchisi“ va „Yil umidi“ mukofotlariga ega boʻlishdi.