Xoshimin

From Wikipedia, the free encyclopedia

Xoshiminmap

Xoshimin (1976-yilgacha Saygon) -Vyetnamdagi shahar. Atrofi bilan markazga boʻysunuvchi alohida maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 3,6 mln. kishi (1996). Transport yoʻllari chorrahasi. Saygon daryosi boʻyidagi port (Janubiy Xitoy dengizidan 80 km ichkarida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, koʻnteri, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik) va metallsozlik, tayyor kismlardan elektrotexnika va radiotexnika buyumlari yigʻish, kimyo (kauchuk), sement, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Badiiy hunarmandchilik, kulolchilik rivojlangan. universitet, muzeylar, ilmiy tadqiqot institutlari, Milliy kutubxona va boshqa bor.

Qisqa faktlar Hukumat, Zichligi ...
Xoshimin
Skyline of Xoshimin shahri
10°46′32″N 106°42′7″E
Hukumat
Zichligi 10482 kishi/km2
Xoshimin xaritada
Yopish

Shaharga 1779-yilda xitoylik savdogarlar Tangon (vyetnamcha Saygon) nomi bilan asos solganlar. 1864-yildan Saygon Fransiya mustamlakasi Kohinhin (Janubiy Vyetnam)ning maʼmuriy markazi. 1954-yil iyuldan hukumat qarorgohi. 1976-yildan shahar Shimoliy Vyetnam siyosiy arbobi Xo Shi Min sharafiga X. deb ataldi. Saloy va VinNgiyem budda pagodalari va boshqa 18-asrda qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Xoshimin (vyetnamcha: Hồ Chí Minh) Vyetnamning eng aholisi koʻp shahri. Xoshimin dunyodagi eng katta shaharlardan biridir va jahon savdosi, moliyasi, sanʼati, texnologiyasi, taʼlimi va shou-biznesiga katta taʼsir koʻrsatib turadi.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.