Abdulrazak Gurnah
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Abdulrazak Gurnah FRSL (1948-yil 20-dekabrda tugʻilgan – Tanzaniyada tavallud topgan britaniyalik yozuvchi va akademik. U Zanzibar sultonligida tugʻilgan va 1960-yillarda Zanzibar inqilobi paytida qochqin sifatida Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtgan[1]. Uning romanlari orasida Buker va Whitbread mukofotlari uchun qisqa roʻyxatga kiritilgan "Jannat" (1994); "Tark" (2005); hamda Buker mukofotining longlisti va Los-Anjeles Tayms kitob mukofotining qisqa roʻyxatiga kiritilgan "Dengiz boʻyida" (2001) kabi asarlari mashhur.
Gurnah 2021-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan „madaniyatlar va qitʼalar oʻrtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ taqdirlangan[1][2][3]. U Kent universitetining ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professori[4].
Remove ads
Yoshlik va taʼlim
Abdulrazak Gurnah 1948-yil 20-dekabrda[5]. Zanzibar sultonligida tugʻilgan[6]. U 18 yoshida Zanzibar inqilobi natijasida arab elitasi hukmronligi agʻdarilib, keyinchalik Tanzaniyaning bir qismiga aylangan orolni tark etib[1][3], 1968-yilda qochqin sifatida Angliyaga kelgan. U arab naslidan boʻlib[7], otasi va amakisi Yamandan koʻchib kelgan tadbirkorlar edi[8].
U dastlab Kenterberidagi Christ Church kollejida tahsil olgan, oʻsha paytda ushbu kollejning diplomlari London universiteti tomonidan taqdim etilardi[9]. Keyin u Kent universitetiga oʻtdi va 1982-yilda "Gʻarbiy Afrika fantastikasini tanqid qilish mezonlari" [10] nomli dissertatsiya bilan doktorlik unvonini qoʻlga kiritdi[6].
Remove ads
Kasbiy faoliyat
Gurnah 1980-yildan 1983-yilgacha Nigeriyadagi Kano Bayero universitetida maʼruzachi boʻlib ishladi. Keyin Kent universitetida ingliz va postkolonial adabiyot professori unvonini olgach, u yerda 2017-yilgacha, yaʼni nafaqaga chiqqunicha[3][11] dars berdi; yozuvchi ayni damda ushbu universitetda ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professor hisoblanadi[12].
Gurnahning romanlari tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan boʻlsa-da, ular tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmagan va baʼzi hollarda Buyuk Britaniyadan tashqarida chop etilmagan[13]. U 2021-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganidan soʻng, uning asarlariga talab ortishi natijasida nashriyotlar va kitob sotuvchilari raqobatga kirishishdi[13][14]. Nobel mukofoti eʼlon qilinganidan keyingina Gurnah amerikalik noshirlardan oʻzining „Afterlives“ romani uchun takliflar oldi; Riverhead Books ushbu asarni 2022-yil avgust oyida chop etishni rejalashtirmoqda. Riverhead, shuningdek, gurnahning ilgari bosmadan chiqqan ikkita asari "Dengiz boʻyida" („By the sea“) va „Tark“ („Desertion“) uchun nashr huquqlarni qoʻlga kiritdi[14].
Remove ads
Mukofot va unvonlar
Gurnahning 1994-yilda yozilgan „Jannat“ romani „Buker“, „Whitbread“ va „Yozuvchilar gildiyasi“ mukofotlari shortlistiga hamda Daniya tilidagi eng yaxshi tarjimasi uchun ALOA mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan[15]. Uning „Dengiz boʻyida“ (2001) romani Bukerning longlistiga va Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti uchun nomzodlar roʻyxatidan joy olgan[15], "Tark" (2005) esa 2006 yilgi Hamdoʻstlik yozuvchilari mukofoti uchun nomzodlar qatoridan joy olgan[15][16].
Gurnah 2006-yilda Qirollik adabiyot jamiyati aʼzosi etib saylandi[17]. 2007-yilda "Dengiz boʻyida" asari uchun Fransiyada RFI Témoin du Monde (Dunyo guvohi) mukofotini qoʻlga kiritdi[18].
2021-yil 7-oktyabrda „madaniyatlar va qitʼalar oʻrtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[1][2][3]. Gurnah 1993-yilda mukofotni qoʻlga kiritgan Toni Morrisondan keyingi birinchi qora tanli[3][14] va 2007-yilda laureat boʻlgan Doris Lessingdan keyingi birinchi afrikalik yozuvchi hisoblanadi[19][20].
Shaxsiy hayoti
Gurnah Angliyaning Kenterberi shahrida[21] yashaydi, Britaniya fuqaroligiga ega[22]. U Tanzaniya bilan yaqin aloqada, u yerda oilasi borligini, imkon boʻlganda u yerga qaytishini nazarda tutuib aytadi: „Men u yerdanman. Qalban u yerda yashayman“[23].
Asarlar
Romanlar
- Ketish xotirasi (1987)[24]
- Ziyorat yoʻli (1988)[25]
- Dotti (1990)[26]
- Jannat (1994)[27] (Buker mukofoti[28] va Whitbread mukofoti[28] uchun qisqa roʻyxatga kiritilgan)
- Admring Silnece (1996)[29]
- Dengiz boʻyida (2001)[27] (Buker mukofoti uzun roʻyxatiga kiritilgan[30] va Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti qisqa roʻyxatiga kiritilgan)[30]
- Desertion (2005)[31]
- Soʻnggi sovgʻa (2011)[32]
- Tosh yurak (2017)[33]
- Afterlives (2020)[34]
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads