Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi)

From Wikipedia, the free encyclopedia

Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi)
Remove ads

Abulxayrxon (1412—1468-yil) — tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni boʻlgan.

Qisqa faktlar Asl ismi, Tavalludi ...

1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo boʻyidagi bir qancha shahar va qal’alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa koʻchirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda koʻchmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar.

1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qoʻshilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga oʻtqazdi. Koʻchmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham koʻmaklashdilar (1460-62).

Thumb
Abulxayrxonnin rafiqasi Robiya sulton begimning Turkiston shahridagi maqbarasi

Abulxayrxon davlati tarixini tarixchi Masud bin Osmani Kuhistoniy tasvirlab bergan. Tasavvufning taniqli vakili Najmiddin Kubro asos solgan tariqatning vakili Husayn Xorazmiyning Abulxayrxonga bagʻishlab turkiy tilda asar yozgan.[1]

Abulxayrxon oilasi aʼzolari adabiyotga ixlosmand edilar. Abulxayrxon taniqli shoir, tasavvufchi, tasavvuf tarafdori Jaloliddin Rumiy asarlarini tarjima qilishni buyurdi.[2]

Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni magʻlub qildilar va Koʻchmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon oʻz raqiblari ustidan gʻalaba qozondi va hokimiyatni qoʻlga oldi.

Remove ads

Manbalar

Adabiyotlar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads