Afgʻonistonda Ahmadiya taʼlimoti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Ahmadiya Afgʻonistondagi Londondagi xalifaning boshchiligida islomiy jamoadir. Islomdagi Ahmadiya harakati va hozirgi Afgʻoniston chegaralaridagi pushtun xalqi bilan eng birinchi aloqa Mirzo Gʻulom Ahmadning hayotligida sodir boʻlgan. Ahmad tomonidan boshlangan harakat boshqa musulmon guruhlari, jumladan Afgʻonistondagilar tomonidan dindan qaytganlik sifatida koʻrilgan va shunga koʻra, Ahmad vaʼda qilingan Mahdiy deb daʼvo qilganidan atigi oʻn ikki yil oʻtib, Ahmad musulmonlaridan ikki nafari Kobulda toshboʻron qilinib oʻldirilgan. Shu taqlid qotilliklar 1925-yilgacha davom etdi. 1924—1925-yillarda amir Omonullaxon davrida Ahmadiya eʼtiqodiga aloqadorlik oʻlim jazosiga aylandi va bu taʼlimotni qabul qilganlar majburan qaytarildi.[3]


Remove ads
Tarixi
Afgʻonistondagi harakat tarixi ikki ilk dinga kirganlar, yaʼni Sayid Abdul Latif va Abdur Rahmonning harakatlaridan boshlanadi. Xost viloyatidan boʻlgan Sayid Abdul Latif 19-asr oxiri va 20-asr boshlari oraligʻida Afgʻoniston amirlaridan Abdurrahmonxon va Habibullaxonning qirollik maslahatchisi boʻlgan. Latif Xost viloyatining sobiq gubernatori Sardor Shireendil Xon bilan birga 1893-yilda Britaniya Hindistoni bilan Durand chizigʻi kelishuvi boʻyicha muzokaralar chogʻida Abdurrahmonxonning vakili boʻlgan[4][5]. 1901-yilda u Ahmadiya harakatining asoschisi Mirzo Gʻulom Ahmadning baʼzi kitoblarini oʻqib, Ahmadiy (ushbu taʼlimot (harakat ham deb ataladi)ni qabul qilganlarni ahmadiy deyishadi) boʻldi. Latif Afgʻoniston diniy ruhoniylarining aʼzosi edi. Binobarin, u oʻzining eng yirik izdoshlaridan biri Abdurrahmonni Ahmadiya harakati asoschisi haqida koʻproq bilish uchun Hindistonning Qodiyon shahriga yubordi.[6] Qodiyonlik Ahmad bilan bir qancha suhbatlardan soʻng Rahmonning oʻzi ham Ahmadiy boʻldi. U oʻzining yangi eʼtiqodini yetkazishga ishtiyoq bilan Latifga qaytish oʻrniga Afgʻoniston amiri qarorgohi boʻlgan Kobulga yoʻl oldi. U yerda diniy ulamolar amirni Rahmonni oʻlimga hukm qilishga ruxsat berishga koʻndirishdi.[6] Hibsga olinganidan keyin Rahmon 1901-yil 20-iyunda[6] boʻgʻib oʻldirilgan.[7]

1902-yilda Latif amir Habibullohxondan hozirgi Saudiya Arabistonida Makkaga islomiy ziyorat qilish uchun borishga ruxsat soʻradi. Amir Latifning iltimosini inobatga olib, unga yoʻl harajatlari uchun qoplama taqdim etdi. Latif 1902-yilning oktabrida bir qancha shogirdlari hamrohligida Lahorga yetib keldi. U yetib kelganida, Arabiston yarim orolining koʻp qismini nazorat qilgan Usmonlilar mamlakatda tarqalgan vabo tufayli Makkaga Britaniya Hindistonidan sayohat qilishlariga cheklovlar qoʻyganligini bildi. Shuning uchun Latif Mirzo Gʻulom Ahmad bilan uchrashish uchun Qodiyonga borishga qaror qildi. Bir necha oyni oʻtkazgandan soʻng, u Kobulga qaytib keldi va Ahmadiya harakatiga sodiqligini oshkora eʼlon qildi. U Qadiyonda boʻlgan davrida Ahmadga bay』at bergan edi.[8] Amir diniy ulamolarning buyrugʻiga koʻra, uni Afgʻonistonda oʻlim jazosi boʻlgan murtadlikda aybladi. Latif 1903-yil 14-iyulda ommaviy qatl qilinishidan oldin bir necha hafta qamoqqa tashlangan. U oʻz qarashlaridan voz kechishni istamay, qamoq va sud davrida boshqalarni Ahmadiya talqinlariga bir necha bor ishontirishga uringan.[9]
1920-yillarning oʻrtalariga kelib, toʻqqiz nafar afgʻon Ahmadiy oʻz eʼtiqodlari uchun Kobulda toshboʻron qilingan.[10] Ularning barchasi Ahmadiya Musulmon Jamoasi tarixiga eʼtiqodlari uchun oʻldirilgan birinchi oʻn nafar Ahmadiylar qatoriga kirgan, oʻninchisi 1935-yil yanvarida Iroqning Bagʻdod shahrida oʻldirilgan Shayx Ahmad Furqoniydir.[7] 1925-yilga kelib, Afgʻonistonda Ahmadiya eʼtiqodini qabul qilgan har bir kishi uchun oʻlim jazosini belgilovchi jinoyat kodeksi joriy etildi.[10]

Remove ads
Bashoratlar
Mirzo Gʻulom Ahmad Latifning oʻlimidan yigirma yil avval oʻzi olgan arabcha vahiyga asoslanib, oʻzining ikki dindor izdoshi qatl qilinishini bashorat qilganini daʼvo qilgan.[11] Bu quyidagicha talqin qiliadi: „Ikki echki soʻyiladi va bu qotillik boʻlgan yer yuzida oʻlimdan qochib qutiladigan hech kim yoʻq「. U buni oʻzining ikki izdoshi halok boʻlishini va natijada ular oʻldirilishi kerak boʻlgan mamlakatni umumiy vayronagarchilikka olib kelishini anglatardi. Ahmad qotillikni qoralab, "Ikki shahidlik qissasi" kitobida shunday yozadi: "Ey Kobul diyori! Oʻz zaminingda sodir etilgan mudhish jinoyatga guvohsan. Ey badbaxt yurt! Bu eng dahshatli jinoyatga sahna boʻlganing uchun Allohning nazdida hukm qilinding". 1906-yilda Ahmad oʻzining yana uchta izdoshining shahid boʻlishini bashorat qilganiga ishoniladi, chunki u arabcha „Uchta echki soʻyiladi「 qabilidagi vahiy olgan. Ahmadiy sharhlovchilariga koʻra, bu vahiy 1924—1925-yillarda Afgʻonistondagi Ahmadiya aʼzolarining yetakchi diniy arboblari boʻlgan Moulvi Naymatulloh Xon, Moulvi Abdul Halim va Qori Nur Alining oʻldirilishiga ishora qilgan.[12] Ahmadiy musulmonlar 1922-yilda oʻsha paytdagi amir Omonullaxonni oʻz xalqiga diniy erkinlik bergani uchun tabriklaganiga qaramay, qotilliklar sodir boʻldi.[13]
Remove ads
Yana qarang
- Afgʻonistonda Islom
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads