Al-Tumama stadioni

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Al-Thumama stadioni (arabcha: ملعب الثمامة Malʼab ath-Thumama) — Qatarning Al-Tumama shahridagi futbol stadioni. Bu 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladigan stadionlardan biri hisoblanadi.[1]

Qisqa faktlar Toʻliq nomi, Joyi ...
Remove ads

Qurilishi

Al-Tumama stadioni 2022-yil Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun qurilgan sakkizta stadiondan biridir.[2] Stadion Hamad xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan.[3] Qurilish ishlarida Qatarning „Al Jaber Engineering「 va Turkiyaning " Tekfen Construction " kompaniyalari hamkorligidagi qoʻshma korxona salmoqli ishtirok etmoqda. Arab muhandislik byurosi bosh meʼmori Ibrohim Jayda[4][5] tomonidan yaratilgan arxitektura dizayni oʻz ilhomini Yaqin Sharq boʻylab erkaklar va oʻgʻil bolalar kiyadigan anʼanaviy taqiya shlyapasidan olgan.[6][7][8] 50,000 m2 (540,000 kv ft) oʻlchamdagi bogʻ stadionni oʻrab olgan.[3] Stadion sigʻimi 40 000 oʻringa moʻljallangan.[9] Jahon chempionatidan soʻng stadion oʻrindiqlarining yarmi olib tashlanadi va boshqa davlatlarga sovgʻa qilinadi.[10][11] U 2021-yil 22-oktabrda ochilgan.[7][12]

Al-Tumama stadionining qurilishi FIFA Jahon chempionati-2022 arafasida qurilgan boshqa stadionlar qatori bir qancha inson huquqlari tashkilotlari, jumladan Amnesty International tomonidan qoralangan.[13]

Remove ads

Tarixi

Stadionning ochilishi 2021-yil 22-oktabr kuni Amir kubogi finali munosabati bilan boʻlib oʻtdi.[14][15]

2018-yil may oyida Al-Thumama stadioni Sport va stadionlar nominatsiyasida MIPIM/Architectural Review Future Project Award mukofoti bilan taqdirlandi.[16][17]

Stadionda FIFA Arab Cup 2021 turniri davomida oltita oʻyin, jumladan, mezbon Qatar va Jazoir oʻrtasidagi yarim final oʻyini[18] boʻlib oʻtdi.[19]

Remove ads

2022-yilgi FIFA Jahon chempionati

Al-Tumama stadioni 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida sakkizta oʻyinga mezbonlik qiladi.[20]

Batafsil maʼlumot Sana, Vaqt ...

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads