Alice Evans

From Wikipedia, the free encyclopedia

Alice Evans
Remove ads

Alice Evans (1968-yil 2-avgustda tugʻilgan)[2]- ingliz-amerikalik sobiq aktrisa.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Yoshligi

Evans Nyu-Jersi shtatining Sammit shahrida matematik Devid Evans[3] va oʻqituvchi Janet Evans oilasida tugʻilgan. U Bristolda oʻsgan va ikki ukasi Entoni va Filipp bilan birga Henberi maktabida oʻqigan.[4] U London Universitet kollejini fransuz va italyan tillari yoʻnalishini hisobida tamomlagan.[4]

Faoliyati

Oʻqishni tamomlagandan soʻng u Parijdagi Florent oʻquv kursiga oʻqishga kirdi. U fransuz televideniesida 18 oy mobaynida Eliza Top model fransuz sitcomida taba Syuzan rolini oʻynadi. Keyin u Italiyaga 1998-yilda suratga olingan Le ragazze di Piazza di Spagna mini-serialida „Natali“ rolini oʻynash uchun ketdi. Uning ingliz tilidagi birinchi roli Highlanderning „7-sonli bemor“ epizodida boʻlgan.

1999-yilda Disney Evansni Glenn Kloz, Jerar Depardye va uning boʻlajak turmush oʻrtogʻi Ioan Gruffudd bilan birga „ 102 Dalmatin „ filmida suratga tushish uchun taklif qildi.[5][6] Evansning onasi 59 yoshida filmning soʻngi ekran sinovidan bir kun oldin vafot etgan.[7]

Blackball filmida suratga tushganidan soʻng, u 2003-yilda Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi. Oʻshandan beri u “Mentalist“, „ Birodarlar va opa -singillar“, „Hayot-mamot“ va "Grimm " kabi filmlarda suratga tushdi. Evans The Vampire Diaries[8] va The Originals filmlarida yovuz qahramon Esther rolini oʻynagan.

Remove ads

Shaxsiy hayoti

2001-yilda Evans Parijda rassom Pablo Pikassoning nabirasi Olivye Vidmayer Pikasso bilan birga yashagan.[9] U Ioan Gruffudd bilan 8 yil davomida ishqiy munosabatda boʻlgan.[10][11]

Evans birinchi marta aktyor Ioan Gruffudd bilan 102 Dalmatin filmining suratga olish paytida tanishgan.[12] Ular 2006-yilda Yangi yil kuni unashtirildilar va 2007-yil 14-sentabrda Meksikada turmush qurishdi.[13] Ularning 2009 va 2013-yillarda tugʻilgan ikki qizi bor.[14] 2021-yil yanvar oyida Evans Gruffudd bilan ajralishlarini eʼlon qildi.[15] 2021-yil mart oyida Gruffudd Evans bilan ajrashish uchun ariza berdi.[16]

Filmografiyasi

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Televideniye

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads