Alixan Boʻkeyxanov
Qozoq davlat arbobi, siyosatchi, publitsist, oʻqituvchi, yozuvchi va ekolog olim, Alash partiyasining asoschisi va unga rahbarlik qilgan. From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Alixon Boʻkeyxon (qozoqcha: Әлихан Бөкейхан; 1866, Semipalatinsk – 27-sentyabr 1937, Moskva) – Alash oʻrda hukumati raisi (1917-1920-yillar)[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11][12][13][14][15][16].
Remove ads
Hayoti
Omsk texnik maktabini, keyinchalik Sankt-Peterburg davlat universitetini iqtisodiy fakultetini tamomlagan.
Alixan Bukeyxanov Abay Qoʻnonboyevning birinchi biografi boʻlgan. U haqida gazetada bir nechta maqolalar chiqargan.
1905-yilda Konstitutsiyaviy demokratik partiya (kadet) aʼzosi boʻldi.
Moskvada boʻlib oʻtgan Zemstvo majlisida ishtirok etgan barcha xalq deputatlari va kadetlar ichida, uning tashabbusi bilan Qirgʻizlar konstitutsiyaviy-demokratik partiyasini tuzish taklif qilindi. 1906-yil yanvarda u „Qirgʻiz siyosiy harakati rahbari sifatida「 hibsga olndi, lekin bir necha oydan soʻng qoʻyib yuborildi.
1906-yilda u Semipalatinskka yetib keldi. Viloyat nomidan Rossiya imperiyasi Davlat Dumasining aʼzosi etib sayandi.
Deputat sifatida qirgʻiz-qozoq xalqini milliy-ozodlik harakatiga chaqiruvchi Viborg manifestini tuzadi. 1908-yilda yana qamoqqa olinadi.
Qozoq xalqi uchun erkinliklar berish, shuningdek, boshqa fundamental masalalar (yerdan foydalanish, jamoat va davlat) yuzasidan u oʻzi tuzgan „Nega men kadet partiyasidaman「 konsepsiyasida bayon etgan.
1913-yilda mustaqil „Alash Partiyasi「ga asos soldi va 1917-yilga kelib, yangi Alash oʻrda muxtor davlati tashkil topdi.
1917-1927-yillarda Bukeyxanovga Bolsheviklar tomonidan hamda mafkuraviy va siyosiy raqiblari tomonidan kuchli bosimlar oʻtkazilgan. Bukeyxanov bu sharoitda siyosiy va ijtimoiy faol faoliyatini tark qilishga majbur edi.
1930-yilda muxtoriyat „buzgʻunchi tashkilot「 sifatida tugatildi.
Bukeyxanov Moskvada SSSR Markaziy nashriyot uyida qoʻlga olingan va 1937-yil 27-sentyabrda SSSR Oliy sudi tomonidan uni qatl etishga hukm chiqarilgan. Hukm shu kuniyoq ijro qilingan.
Remove ads
Asarlari
- Букейханов А. Переселенцы в тарских урманах // Сибирские вопросы: периодический сборник. № 11. 23 марта 1908-yil. Томск.
- Букейханов А. Переселенцы в тарских урманах // Сибирские вопросы: периодический сборник. № 12. 31 марта 1908-yil. Томск.
- Букейханов А. Киргизы. Формы национального движения в современных государствах. (Под ред. А. И. Костелянского), СПб, 1910.
- Bukeykhanov A., Dulatov M., Baytursun A., Ryskulov T. Kazakh on Russians before 1917. //Society for Central Asian Studies. Reprint series. No. 5.-Oxford, 1985.
- Букейханов А. Шыгармалары (Сочинения). — Алматы: Жалын, 1994.
- Букейханов А. Шыгармалары. — Алматы: Казак энциклопедиясы, 1995.
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads