Andrija Filipović
Xorvat futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Andrija Filipovich (1997-yil 18-aprel, Riyekada tugʻilgan) – xorvatiyalik professional futbolchi, Vengriyaning Kisvarda klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Remove ads
Klub karerasi
Riyeka shahrida tugʻilgan Filipovich 2015-yilda HNK Rijeka yoshlar jamoasidan „Yuventus「 klubining yoshlar tizimiga qabul qilingan[3]. 2015-yilning ikki davrasida Spezia Calcio yoshlar jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsumda ilk professional faoliyatini Siena jamoasi tarkibida boshlagan[4], 2017-yil fevral oyida Sloveniyaning ND Gorica klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019/2020 mavsumi oxirigacha[5][6] Gorica jamoasi safida 62 ta oʻyinida maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
Filipovich 2019-yilning yozida Eerste Divisie ligasi ishtirokchisi NAC Breda klubiga qoʻshilgan[7][8]. Breda jamoasi tarkibida 15 oʻyin oʻtkazib, bir gol muallifiga aylangan. 2020-yil 31-yanvarda Sloveniyaning „NŠ Mura「 jamoasi bilan 2022-yil oxirigacha tuzilgan shartnomasi asosida yangi klubga oʻtgan[3]. Biroq uning shartnomasi 2021-yilning avgustida oʻzaro bekor qilingan[9].
2021-yilning sentabrida Filipovich Albaniyaning „Partizani「 klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[10]. U kalendar yili oxirida klubni tark etdi[11], Albaniya jamoasi safida barcha musobaqalarda 10 ta oʻyinda ikkita gol urdi[12].
2022-yil fevral oyida Filipovich Qozogʻiston Premyer-ligasi klubi „Atirau「 kluib bilan shartnoma imzolagan[13].
2023-yilning 13-fevralida Filipovich Qozogʻiston Premyer-ligasining boshqa klubi „Aktobe「 bilan shartnoma imzolagan[14]. 2024-yilning 24-yanvarida „Aktobe「 klubini tark etganini eʼlon qilgan[15]. 2024-yil 23-yanvarda Kisvarda Filipovich bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[16]. 2024-yil 25-iyulda Toshkentning „Bunyodkor「 jamoasi bilan yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[17].
Remove ads
Terma jamoadagi faoliyat
Filipovich Xorvatiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida 2015-yilda Chernogoriyaga qarshi m UEFA U-19 Yevropa chempionati saralashida maydonga tushgan va jamoasi bilan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan[18].
Yutuqlar
Mura
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads