Aza
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Aza (arabcha – sabr, bardosh) – marhumning izzat-hurmati va xotirasi uchun ma’lum muddat tutiladigan motam. A. tutish odati qadim zamonlardan mavjud boʻlib, xalqlarning diniy e’tiqodlariga koʻra farqlanadi. Islomda A. tutish muddati uch kun. Lekin eri vafot etgan ayollar uchun Idda muddati esa toʻrt oy-u oʻn kun. A. vaqtida ayollar oddiy matodan qora yoki koʻk libos kiyishadi. Ba’zi xalqlarda, jumladan oʻzbeklarda A.ni uzoq tutish – bir yil-gacha qora kiyim kiyish, toʻy qilmaslik va hokazo odatlar saqlangan. Shuningdek, marhum dafn etilgandan keyin uni xo-tirlab yetti, yigirma, qirq, hayit oshi, yil oshi, kiryuvdi, payshanbalik, yakshan-balik, oqkiyar kabi motam marosimlari oʻtkaziladi. Bu udumlar xalq hayotiga gʻoyat singib ketgan. Lekin bu an’anaviy maro-simlarning shar’iy asosi boʻlmaganligi sababli islom dinida ularning koʻp to-monlari tan olinmaydi. Oʻzbekiston mu-sulmonlari idorasi bularning oʻrniga marhum ruhini shod etish uchun boshqa xayrli ishlar qilish joizligi haqida bir necha fatvo chiqargan (yana qarang: Motam marosimlari).
Remove ads
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads