Bahodir

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

„Bahodir“, „botir“ – 1) Oʻrta asrlarda turk-moʻgʻul xalqlari qoʻshinida janglarda koʻrsatgan ulkan jasorati va qahramonligi uchun beriladigan faxriy unvon. Chingiziylar davrida Chingizxon avlodidan boʻlmagan zodagonlar, yirik lashkarboshilarga bahodir unvoni berilgan. Keyinchalik bahodir maʼnosining ushbu ijtimoiy xu-susiyati yoʻqoladi va bahodir moʻgʻul zodagonlarining tarkibiy qismiga aylanadi. Turkiyshunos olimlarning fikricha, bahodir turkiy-moʻgulcha „botir“ soʻzining forscha shaklidir.

2) Chingizxon hukmronligi zamonida xonning shaxsiy gvardiyasi. Bunday qism Chingizxon 1203-y. keroyitlar ustidan gʻalaba qilgandan keyin tashkil etilgan. B.lar 1000 kishidan iborat boʻlgan. Tarixchi Nasaviyning (XIII asr) maʼlumotiga koʻra, 1221—1222-yillarda ularning umumiy soni 10000 kishiga yetgan. Bahodirlar urush vaqtida ilgʻor qism (avangard) bilan birga harakat qilgan. Tinchlik vaqtlarida esa xon qarorgohini qoʻriqlagan.

Remove ads
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads