Bill Gates

Amerikalik boy ishbilarmon va xayriyaparvar From Wikipedia, the free encyclopedia

Bill Gates
Remove ads

William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birga hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan[2][3]. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan[4] Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.[5]. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...

Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan[6]. Shu bilan birga Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan[7][8].

Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.

Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi[9][10].

Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads