Brukit
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Brukit [ingliz mineralogi G. J. Bruk (1771—1857) nomidan] — sodda oksidlar kenja sinfiga mansub mineral, TiO2 ning uchta tabiiy polimorf modifikatsiyasidan biri. Baʼzan tarkibida temir va niobiy qoʻshimchasi boʻladi. TiO6 ning oktaedr guruhidan tuzilgan, umumiy bogʻlam bilan tutashgan varaqsimon hamda prizma shaklida. Romb sistemada kristallanadi. Rangi sargʻishqoʻngʻirdan qizgʻish koʻngʻirgacha. Olmos kabi yoki metallsimon yaltiraydi. Qattikligi 6—6,5; s ogʻ. 3,9—4. Kristallari oltin sochmalarida va alp tipidagi yertomirlarda, gidrotermal metamorfik jinslarda, baʼzan pegmatitlarda uchraydi. 700° gacha qizdirilganda rutilga aylanadi. Rossiya Federatsiyasi (Ural), Shveysariya, Fransiya, Avstriya, AQSH va boshqa joylarda konlari bor. Oʻzbekistonda Chatqol—Kurama togʻlaridagi oʻzgargan granitoidlarda topilgan.
Remove ads
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads