Disko raqqosi

From Wikipedia, the free encyclopedia

Disko raqqosi
Remove ads

Disko raqqosi — 1982-yilda chiqarilgan hind filmi. Muallifi Rahi Masum Raza va rejissyor Babbar Subhash. Filmda Mithun Chakraborty va Kim Yashpal, Om Puri, Gita Siddharth va Karan Razdan,Rajesh Khannalar rol ijro etishgan.

Qisqa faktlar Rejissyor(lar), Prodyuser(lar) ...

Film Bombeyning xarobalaridan boʻlgan yosh koʻcha ijrochisining hayoti haqida hikoya qiladi. Film Bappi Lahiri bastalagan hamda Anjaan va Faruk Kayzer tomonidan yozilgan Bollivud qoʻshiqlari bilan mashhur. Ommabop qoʻshiqlar orasida Parvati Xon tomonidan kuylangan „Jimmy Jimmy Jimmy Aaja「, Vijay Benedikt tomonidan kuylangan „I am a Disco Dancer「, Bappi Lahiri tomonidan kuylangan „Yaad aa raha hai「 va Suresh Wadkar va Usha Mangeshkar tomonidan kuylangan „Goro ki na kaalo ki「 bor.

Film butun dunyo boʻylab muvaffaqiyat qozondi. U Osiyo, Sovet Ittifoqi, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Turkiya va Afrikada keng tarqaldi.

Disko raqqosi「 Sovet Ittifoqidagi eng koʻp daromad keltirgan ikkinchi film va eng koʻp daromad keltirgan xorijiy film sifatida tan olingan. „Disko raqqosi「 Mithunni Janubiy Osiyo, Sovet Ittifoqi va Afrikaning koʻplab mamlakatlarida mashhur aktiyor sifatida tanilishiga sabab boʻldi. Bu yerlarda uni Mithun Chakraborti emas, asosan, Jimmi sifatida tanishar edi. Soundtrack albomi ham katta muvaffaqiyatga erishdi. Hindistonda Platinumga chiqdi va Xitoyda Gold Award muhofotiga sazovor boʻldi. Inflyatsiya koʻrsatkichlarini hisobga olganda u hali ham barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan hind filmlaridan biri hisoblanadi.

Remove ads

Syujeti

Anil (Mithun Chakraborty) Bombayning xarobali mahallasidan chiqqan koʻcha ijrochisi va toʻy qoʻshiqchisi. Menejer Devid Braun Hindistonning amaldagi disko chempioni Semning ijrolaridan toʻyib, yangi isteʼdodlarni qidirishga kirishadi. Shunda u tasodifan Anilni koʻcha boʻylab raqsga tushayotganini koʻrib qoladi. Keyinchalik Anil „Jimmi「 nomi bilan tanilib, disko yulduziga aylangan Semdan „taxt「ni olib qoʻyadi va Oberoining qizi Ritaning qalbini zabt etadi.

Oberoi Jimmining elektr gitarasini 5000 volt elektr tokiga ulash uchun odam yollaydi. Bu bilan u Jimmini oʻldirmoqchi boʻladi. Ammo bu fojia Jimmi bilan emas, uning onasi bilan sodir boʻladi. U onasining oʻlimiga guvoh boʻlganidan keyin gitara fobiyasiga duchor boʻladi. Keyinchalik Oberoining odamlari uning oyoqlarini sindirib tashlashadi. Ritaning yordami bilan Jimmi yana yurishni boshlaydi.

Jimmi Xalqaro disko raqs tanlovida Afrika jamoasi va Parij jamoasiga qarshi kuchli raqobat sharoitida Hindiston jamoasi uchun birinchi oʻrinni egallashi kerak edi. Jimmi esa raqsga tushishni istamaydi. Lekin Rita uni bunga koʻndiradi. Sem Jimmini qoʻrqitish uchun gitara bilan keladi. Rita Jimmini qoʻshiq aytishga undash uchun harakat qiladi. Ammo natija boʻlmadi. Olomon unga turli xil narsalar otishni boshlaydi. Jimmining amakisi Raju keladi va unga onasini bilan boʻlgan voqeani unitishni maslahat beradi. Shundan soʻng gitarani Jimmiga tashlaydi va u qoʻshiq aytishni boshlaydi. Oberoining odamlari Rajuni oʻldiradi. Keyin Jimmi ularning uyiga borib, ularni kaltaklaydi.

Remove ads

Rollarda

  • Mithun Chakraborti Anil/Jimmi rolida
  • Kim Rita Oberoi rolida
  • Usta Raju rolida Rajesh Xanna
  • Om Puri Devid Braun rolida
  • Om Shivpuri PN Oberoi rolida
  • Gita Siddharth Radha rolida
  • Sem rolida Karan Razdan
  • Yusuf Xon Vasko rolida
  • Bob Kristo rus goni sifatida
  • Kalpana Iyer Nikki Braun rolida
  • Master Chhotu Anilning yoshligi rolida
  • Baby Pinky kichik Rita sifatida

Ishlab chiqarish

I am a Disco Dancer「 nomli qoʻshigʻi uch kun davomida Mumbaydagi Natraj studiyasida suratga olingan. U yerda Mithun Chakrobartining ajoyib harakatlari aks etgan sahnalar suratga olinadi. Shundan soʻng, Mumbaydagi Filmiston studiyasida olomon sahnalari olingan[1].

Soundtrack

Thumb
Babbar Subhash, Parvati Xon va Bappi Lahiri „Jimmy Jimmy Aaja Aaja「 ni yozib olishmoqda. 1981-yil

Barcha qoʻshiqlar[2] musiqasi Bappi Lahiri tomonidan, soʻzlari esa Anjaan va Faruk Kayzer tomonidan yozilgan. 1982-yilgi saundtrek albomidagi treklar quyidagicha:   „Yaad Aa Raha Hai「 qoʻshigʻi sintezlangan, minimalist, yuqori templi, elektron diskoteka qoʻshigʻi sifatida tasvirlangan. Gita Dayal buni „asrlar uchun diskoteka madhiyasi va Lahiri qilgan eng yaxshi qoʻshiqlardan biri「 deb taʼrifladi.

„Jimmy Jimmy Jimmy Aaja「 qoʻshigʻi Ottavanning 1980 fransuz disko qoʻshigʻi „Tʼes OK「ga oʻxshashliklarga ega. „Auva Auva「 qoʻshigʻi (Karan Razdanning Sem obrazida tasvirlangan) The Buggles tomonidan 1979-yilgi „Video Killed the Radio Star「 sintpop xitidan ilhomlangan. Devid Braun koʻchada raqsga tushayotgan Anilni topib olganida, Serronening „Cerroneʼs Paradise「 qoʻshigʻi ishlatilgan. „Krishna Dharti Pe Aaja Tu「 qoʻshigʻi Tielman Brothers tomonidan „Jesus「 dan ilhomlangan. Ushbu versiya Jimmi raqs bilan shugʻullanayotgan filmda ishlatilgan.

Disco Dancer saundtreki butun dunyoda, xususan Hindiston, Sovet Ittifoqi va Xitoyda mashhur edi[3].

Remove ads

Umumiy kassasi

Batafsil maʼlumot Hudud, Yalpi daromad ...

Hindistonda film 1982-yilda ₹6,4 crore[4]. Bu 1982-yilda Hindiston prokatida 7-chi[8] yoki 14-chi[4] eng yuqori daromad keltiruvchi film boʻlib, Gʻarbiy Bengal shtatidagi eng kuchli tijorat koʻrsatkichiga erishdi[4].

Sovet Ittifoqida film 1984-yilda chiqarilgan va 1013 marta namoyish etilgan[9]. U 60,9 tomoshabinni jalb qildi[10]. 1980-yillardagi eng katta xorijiy film[9], oʻn yillikning toʻrtinchi eng katta prokat hiti[9][11], barcha davrlardagi eng yirik xorijiy hit[9] va barcha davrlarning eng yaxshi 25 ta eng katta prokat hitlaridan biri[9][11]. Qayta namoyishlarni hisobga olsak, Sovet Ittifoqida film uchun taxminan 120 million dona chiptalar sotilgan[6].Yalpi daromad boʻyicha u 60 million sovet rubli[6] (75,85 million AQSH dollari, 94,28 crore) ishlab topdi[10]. Bu „Mening ismim Xon「 (2010)[12] va „Uch savdoyi「 (2009) filmlarining xorijdagi daromadi 100 million crore ₹ dan oshib ketgunga qadar uni xorijdagi eng yuqori daromad keltirgan hind filmiga aylantirdi[13][14].

"Disko raqqosi" 1983-yilda Xitoyda chiqqanida ham muvaffaqiyat qozongan[15]. U yerda „Jimmy Jimmy「 qoʻshigʻi mashhur edi. Aamir Xonning soʻzlariga koʻra, Mithun Chakraborti qoʻshiq tufayli Xitoyda katta mashhurlikka erishdi[16].

Butun dunyo boʻylab „Disko raqqosi「 Hindiston va Sovet Ittifoqida jami 82.39 million (100.68 million AQSh dollari) daromad topdi[17]. „Disko raqqosi「 filmi butun dunyo boʻylab eng yuqori daromad keltirgan hind filmiga aylandi[18]. "Disko raqqosi " butun dunyo boʻylab 100 daromad olgan birinchi hind filmi boʻldi[19].

Ommalashishi

Film Devoning „I am disco dancer「 nomli qoʻshigʻi uchun ilhom manbai boʻlgan.

Britaniyalik Shri-Lankalik muqobil reper M.I.A. 2007-yilda oʻzining Kala albomi uchun „Jimmy Jimmy Jimmy Aaja「ni „Jimmy「 kuylagan. Ushbu qoʻshiq musiqasi 2008-yilda Adam SandlerningYou Donʼt Mess with the Zohan「 filmida ham ishlatilgan. „Jimmy Jimmy Aaja Aaja「 qoʻshigʻining 1998-yilda rus texno-guruhi Ruki Vverxning „Jimmy「, DJ Slon va Anxel-A tomonidan kuylangan „Jimmy Jimmy「 kabi cover variantlari bor.

„Jimmi Jimmi Aaja Aaja「 musiqasi Adam Sandlerning "You Donʼt Mess with theZohan " filmidagi soʻnggi jang sahnasida ishlatilgan.

„Jimmy Jimmy Aaja Aaja「 va „I Am a Disco Dancer「 Moʻgʻuliston va Rossiya, Ozarbayjon va Oʻzbekiston kabi postsovet mamlakatlarida juda mashhur. 

Tojikistonlik oʻzbek Baymurat Allaberiyev „Goron ki na kalon ki「 va „Jimmi Aaja「 qoʻshiqlarini kuylab, internet yulduziga aylandi. 2008-yilda mobil telefonda yozilgan video YouTubeʼda 1 milliondan ortiq koʻrilgan.

Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads