Eskulap ilon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Eskulap ilon — suvilonlar oilasiga mansub ilon. Uzunligi 1,5 m gacha. Rangi qoʻngʻirsargʻish, qoʻngʻir tusdan kulrang va deyarli qora ranggacha; baʼzan tanasining ustki tomonida ingichka oqish toʻrsimon hoshiya boʻladi. Janubiy, Oʻrta va Sharqiy Yevropa, Kichik Osiyo va Gʻarbiy Afrika shimoli, Gʻarbiy Kavkaz, Yevropaning jan. da tarqalgan. Togʻlarning toshli yon bagʻirlari, xarobalar va bargli oʻrmonlarda yashaydi. Kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Oʻljasini tanasi bilan oʻrab olib, boʻgʻib oʻldiradi.
Urgʻochisi 5—8 ta tuxum qoʻyadi. qadimiy Rim shifokorlik xudosi eskulap qoʻlidagi hassada Eskulap ilon rasmi tasvirlanganligi taxmin qilinadi (nomi shundan).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Remove ads
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads