Gabriel García Márquez

From Wikipedia, the free encyclopedia

Gabriel García Márquez
Remove ads

Gabriel Garsia Markes (ispancha: Gabriel García Márquez; 1927-yil 6-mart, Arakataka; 2014-yil 17-aprel, Mexiko shahri) kolumbiyalik yozuvchi, ssenarynavis va jurnalist. „El Espectador“ gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan.

Qisqa faktlar Asl ismi, Tavalludi ...
Remove ads

Hayoti

Gabriel Garsia Markes Kolumbiyaning Arakataka shahrida Gabriel Eligio Garsia va Luisa Santyaga Markes Iguaran oilasida tugʻilgan[1]. Garsia Markes tugʻilgandan koʻp oʻtmay uning otasi farmatsevt boʻldi va xotini bilan Barranquillaga koʻchib oʻtdi. Garsia Markes bobo-buvisi Dona Trankilina Iguaran va polkovnik Nikolas Rikardo Markes Mejia bilan qoldi[2]. 1936-yil dekabr oyida otasi uni va ukasini Sinsega olib ketdi, 1937-yil mart oyida bobosi vafot etdi[3]. Keyin oila avval Barranquillaga, keyin esa Sucrega koʻchib oʻtdi. U yerda otasi dorixona ochadi[4].

Thumb
Gabriel Markes „Yolgʻizlikning yuz yili“ asariga dastxat qoʻymoqda
Remove ads

Ijodiy faoliyati

Markes dastlab ssenariylar yozgan. „Toʻkilgan yaproqlar“ (1955), „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ (1958), „Gʻarazli soat“ (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, „Grande-Ona dafn marosimi“ (1962) toʻplamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bagʻishlangan. „Vabo va muhabbat“ (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, oʻziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Markesning „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1986) romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).

Garsia Markes 2014-yil 17-aprelida Mexikoda zotiljamdan vafot etdi[5][6][7].

Remove ads

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads