Harvard universiteti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Garvard universiteti — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qadimiy va taniqli universitetlardan biri. 1636-yilda kollej sifatida tashkil etilgan. Boston shahri yaqinidagi Kembrij shahrida joylashgan. 1639-yildan kollejga oʻz mulkining yarmi va kutubxonasini vasiyat qilib qoldirgan ingliz vaziri, sanʼat bakalavri J. Garvard nomi bilan ataladi. 19-asrning 1-choragida universitetga aylantirilgan. Universitet ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, pedagogika, amaliy fizika, siyosiy iqtisod, muhandislik va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 20 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1638-yil tashkil etilgan) da 8 millionga yaqin asar saqlanadi.[4][5]
Remove ads
Rektorlari
- Nataniel Iton (1637-1639)
- Genri Danster (1640-1654)
- Charlz Chonsi (1654-1672)
- Leonard Xoar (1672-1675)
- Urian Ouks (prezident, 1675-1680; rektor, 1680-1681)
- Jon Rojers (1682-1684)
- Inkris Mater (prezident vazifasini bajaruvchi, 1685-1686; rektor, 1692-1701)
- Samuel Uillard (prezident vazifasini bajaruvchi, 1701-1707)
- Jon Leverett (1708-1724)
- Benjamin Uadsuort (1725-1737)
- Edvard Xolyok (1737-1769)
- Samuel Lokk (1770-1773)
- Samuel Langdon (1774-1780)
- Jozef Uillard (1781-1804)
- Eliphalet Person (prezident vazifasini bajaruvchi, 1804-1806)
- Samuel Uebber (1806-1810)
- Jon Tornton Kirkland (1810-1828)
- Josiah Kuinsi (1829-1845)
- Edvard Everett (1846-1849)
- Jared Sparks (1849-1853)
- Jeyms Uoker (1853-1860)
- Kornelius Konvey Felton (1860-1862)
- Tomas Xill (1862-1868)
- Charlz Uilyam Eliot (1869-1909)
- Abbott Lorens Louell (1909-1933)
- Jeyms Brayant Konant (1933-1953)
- Natan Marsh Pusi (1953-1971)
- Derek Kertis Bok (1971-1991)
- Nil L. Rudenstine (1991-2001)
- Lorens X. Sammers (2001-2006)
- Dryu Gilpin Faust (2007-hozirgacha)
Remove ads
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads