Gramm-atom
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Gramm-atom — kimyoviy elementning atom massasiga son jihatdan teng qilib olingan miqdori. Mas, kislorodning gramm-atomi 16 g, chunki uning atom massasi 16 ga teng yoki temirning gramm-atomi 56 g, chunki uning at.m 56 ga teng. Har qanday kimyoviy elementning gramm-atomida (agregat holatidan qatʼi nazar) Avogadro soniga teng miqdorda, yaʼni 6,022-1023 ta atom boʻladi. G.-a. kattaligidan turli fizik va kimyoviy hisob-kitoblarda foydalaniladi. Texnik hisob-kitoblarda kilogramm-atom, milligramm-atom singari massa miqdorlari ham keng qoʻllanadi.
Remove ads
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads