Guarani tili
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Guarani tili - Janubiy Amerika indeyslari tili. Tupi-guarani tillari oilasiga mansub. Guarani tili Paragvay va Braziliyaning Matu-Grosu va Parana viloyatlari hududlarida hamda Argentina (Misones, Gran-Chako, Korriyentes, Formosa)da tarqalgan. Guarani tili leksikaning 30 — 40% ini ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar tashkil etadi. Boliviyadagi indeyslarning tili ham Guarani tili nomi bilan ataladi (11 ming kishi soʻzlashadi). Paragvayda garchi ispan tili rasmiy til boʻlsada, aholining 90%i (3 mln. kishi) Guarani tilida soʻzlashadi. Bu tilda gazetalar, kitoblar nashr etiladi, radioeshittirishlar beriladi. Maktab taʼlimida ham qoʻllanadi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
Remove ads
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads