Hasanboy Doʻsmatov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 24-iyun, 1993-yil, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – eng yengil vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yilgi va 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi[1]. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari「 yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan[2]. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan[3].
Remove ads
Hayoti

Hasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev. Bokschilik faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi[4]. Andijon davlat universitetida tahsil olgan[5].
Havaskor boksdagi faoliyati
Doʻstmatov 2009-yilda Qozogʻistonda Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda birinchi oʻrinni egallab, oʻzining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. Oʻsha yili Oʻzbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo oʻyinlarida yettinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang oʻtkazib, barcha yetti jangda gʻalaba qozongan.
2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-oʻrinni egallagan[6].
Havaskor boksdagi natijalari

- 2009-yil – Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Uralsk, Qozogʻiston) – 1-oʻrin
- 2011-yil – Yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
- 2012-yil – Makar Mazay xotirasiga bagʻishlangan „A「 toifasidagi 46-xalqaro turnir (Mariupol, Ukraina) – 1-oʻrin
- 2012-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan IV xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin
- 2012-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
- 2013-yil – Oʻzbekiston milliy kubogi – 1-oʻrin
- 2013-yil – Yozgi Universiada (Qozon, Rossiya) – 1-oʻrin
- 2013-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
- 2013-yil – Toʻrt millat turniri (Ostona, Qozogʻiston) – 1-oʻrin
- 2013-yil – Nikolay Manger xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Xerson, Ukraina) – 1-oʻrin
- 2014-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan VI xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin
- 2014-yil – Sydney Jackson xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin
- 2015-yil – Chemistry kubogi (Halle, Germaniya) – 1-oʻrin
- 2015-yil – Boks boʻyicha Osiyo chempionati (Bangkok, Tailand) – 1-oʻrin
- 2016-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Rio-de-Janeyro, Braziliya) – 1-oʻrin
- 2017-yil – Boks bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1 oʻrin
- 2023-yil – Boks boʻyicha jahon chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin[7]
- 2024-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Parij, Fransiya) – 1-oʻrin
Remove ads
Professional faoliyati
2019-yilning 16-noyabr kuni Doʻsmatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi[8]. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi[9][10].
2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari
Hasanboy Doʻsmatov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Puerto Riko vakili Xuan Manuel Lopesni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda Qozogʻiston vakili Saken Bibossinov bilan toʻqnashib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[11]. Yarim final bahslarida Kabo Verdelik Daniel Varela de Pinadan ustun keldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[12]. Finalda Fransiya vakili Billal Bennama ustidan gʻalaba qozondi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[13].
Remove ads
Unvon va mukofotlari
- „Oʻzbekiston iftixori「 faxriy unvoni[4].
- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi「 faxriy unvoni[14][15];
- El-yurt hurmati ordeni[16].
- „Aʼlo xizmatlari uchun「 koʻkrak nishoni[17]
- Podpolkovnik harbiy unvoni[17]
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads