Doktor House (1-mavsum)

House teleseriali mavsumi From Wikipedia, the free encyclopedia

Doktor House (1-mavsum)
Remove ads

Doktor House serialining birinchi fasli premyerasi 2004-yil 16-noyabrda[1] boʻlib oʻtgan va 2005-yil 24-mayda yakunlangan[1]. Ushbu mavsumda doktor Gregory House va uning jamoasi har bir epizodda biror tibbiy muammoni hal qilishadi. Mavsumn voqealari milliarder Edward Voglerning kasalxonaga 100 million dollar xayriya qilganidan keyin yuzaga kelgan muammolar atrofida sodir boʻladi[2]. Ushbu xayriya orqali Vogler kasalxona boshqaruvining yangi raisi boʻladi va Housega oʻz jamoasi aʼzolaridan birini ishdan boʻshatishi kerakligini tayinlaydi. Vogler ushbu ishi orqali bosh qahramon – Houseni nazorat qila olishini koʻrsatmoqchi boʻladi. U „Men shuni xohlaymanki, men sizdan nima qilishni soʻrasam ham, buni qanchalik bemaʼnilik deb topsangiz ham, buyrugʻimni bajarishingiz shart「, deya Housega shart qoʻyadi[3].

Qisqa faktlar Mamlakat, Qismlar soni ...

Chi McBride mavsumning beshta epizodida Vogler rolida aktyorlar tarkibida harakat qiladi[4][5]. Uning personaji Universal Studios prezidenti Jeff Zucker „boss「 personaji qoʻshilmasa, mavsum olti epizodga qisqartirilishi bilan tahdid qilganidan soʻng, serial tarkibiga qoʻshiladi[6]. Qahramonning qaytishi ehtimoli mavjud boʻlsa-da, u odatda tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan maʼqul koʻrilmaydi va shuning uchun teleshouga qaytarilmaydi[6]. Sela Ward ikkinchi mavsumning asosiy takrorlanuvchi obrazi – oxirgi ikki epizodda House yoniga qaytgan sobiq xotini Stacy Warner sifatida paydo boʻlgan.

Remove ads

Aktyorlar tarkibi

Asosiy tarkib

Hugh Laurie – Dr. Gregory House, Lisa Edelstein – Dr. Lisa Cuddy, Omar Epps – Dr. Eric Foreman, Robert Sean Leonard – Dr. James Wilson, Jennifer Morrison – Dr. Allison Cameron, Jesse Spencer esa Dr. Robert Chase obrazini gavdalantirgan.

Ikkinchi darajali tarkib

Chi McBride – Edward Vogler, Sela Ward – Stacy Warner, Stephanie Venditto – Nurse Brenda Previn, Kenneth Choi – Dr. Lim, Ron Perkins – Dr. Ron Simpson, Currie Graham – Mark Warner, Maurice Godin esa Dr. Lawrence Houra rolida

Remove ads

Media materiallari

Batafsil maʼlumot Tafsilotlarni oʻrnatish, Maxsus xususiyatlar ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads