Hyuston

From Wikipedia, the free encyclopedia

Hyustonmap
Remove ads

Xyuston — AQShning janubiy qismidagi shahar, Texas shtatida. Aholisi 1,95 mln. kishi (2000). AQShning yirik neft va galla porti (yiliga 120 mln. t yuk ortibtushiriladi). Dengiz kemalari qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi va Galveston avanporta bilan bogʻlangan. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. AQSH jan.ning eng yirik sanoat markazlaridan. Neft, gaz, oltingugurt qazib olinadi va qayta ishlanadi (sintetik kauchuk, plastmassa, organik va neorganik ximikatlar, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish). Qora metallurgiya rivojlangan. Neft va gaz sanoati uchun mashinalar, jihozlar va kuvurlar ishlab chiqariladi. Radioelektronika, kemasozlik, oziqovqat (jumladan, sholi oqlash), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitetlar, Jonson nomidagi kosmosga uchish markazi bor. Shaharga 1836-yilda asos solingan. 1840-yilgacha "mustaqil" Texas Respublikasi poytaxti boʻlgan.

Qisqa faktlar Houston, Mamlakat ...

Houston AQShning Texas shtatida joylashgan shahar. Harris, Fort Bend va Montgomery okruglari tarkibiga kiradi.

Remove ads

Aholisi

2099451(4thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 US Census).[2] Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1505 nafar kishi.

Geografiyasi

Maydoni — 1625,2 km2. Shundan 1552,9 km2 quruqlik, 72,3 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 13 m balandlikda joylashgan.

Thumb
Houston manzarasi.

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads