JShShIR

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

JShShIR (ruscha: ПИНФЛ) – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U 14 ta raqamdan iborat va oʻzgartirilishi mumkin emas. Lekin yuridik shaxsning JShShIRiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin[1].

Bu raqam pasportda koʻrsatilgan va jins indeksini, tugʻilgan sanani, shahar kodini, fuqaroning seriya raqamini koʻrsatadi, shuningdek, nazorat raqamini oʻz ichiga oladi[2]. 2021-yili '''STIR''' olish amaliyoti bekor qilindi va uning oʻrniga fuqaro shaxsini tasdiqlovchi jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamidan foydalanish kengroq talqin qilina boshlangan. JSHSHIR davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi. Undan Yagona portal xizmatlaridan foydalanishda, oliygohga hujjat topshirishda, va elektron raqamli imzo olishda foydalanish mumkin[3]. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmaganlar esa Davlat xizmatlari markazlariga JSHSHIR olish uchun ariza berishi mumkin[4].

Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads