Jahongir Oʻrozov

Oʻzbekistonlik futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Jahongir Oʻrozov (2004-yil 18-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻrozov 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasi ishtirok etgan. 2023-yil avgust oyidan Turkiyanining „Eyüpspor“ jamoasi futbolchisi[1][2]. 2024-yil yozgi transfer oynasida Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga ijara shartnomasi asosida oʻtgan.

Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Oʻrozov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Remove ads

Futbolchilik faoliyati

Jahongir Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi masvum oldidan Bunyodkor jamoasi bilan ilk rasmiy shartnomasini imzolagan[3]. Bunyodkor jamoasidagi debyut oʻyinini 2022-yil Oʻzbekiston Superligasi 1-turida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi „Bunyodkor“ stadionida oʻtkazgan[4]. 2023-yilgi mavsumda Jahongirga Turkiya jamoasidan taklif tushgan[5]. 2023-yil 16-avgustda Turkiya Birinchi ligasida ishtirok etuvchi „Eyüpspor“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[1]. Turkiya klubi Jahongirni Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan 300 ming yevroga sotib olgan[6].

2024-yilgi mavsum yozgi transfer kunlari davrida Eyupspor jamoasi Jahongirni yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotganligi sababli Samarqandning „Dinamo“ jamoasi ijaraga bergan.

Remove ads

Terma jamoadagi faoliyati

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida 2022-yilda Ravshan Haydarov qoʻl ostida debyut qilgan. 2023-yilda AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqalarida terma jamoada asosiy futbolchilardan biri boʻlgan va barcha oʻyinlarda toʻliq harakat qilgan[7].

Yutuqlar

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads