Kichkina xoʻjayin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Kichkina xoʻjayin (inglizcha: The Boss Baby) 2017-yilda katta ekranlarga chiqarilgan komedik janrdagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation mahsuloti. 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Tom McGrath. Filmda bosh qahramonlarga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Alec Baldwin, Steve Buscemi, Jimmy Kimmel, Lisa Kudrow va Miles Bakshi kirishadi. Film Tim ismli bolaning kattalarning mehri uchun kechayotgan kichkintoylar va kuchukchalar oʻrtasidagi jangda maxfiy agent boʻlgan goʻdak ukasiga bergan yordami haqida hikoya qiladi.
Ushbu sahifa nomi mavzuning rasmiy tarjimasidir. Iltimos, uni oʻzgartirmang.
Kichkina xoʻjayin filmi premyerasi Mayami xalqaro film festivalida 12-mart 2017-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda esa 31-mart 2017-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film $125 millionni tashkil etgan budjeti bilan umumjahon boʻylab $528 million ishlab topdi. Film Oscar, Annie va Oltin globus mukofotlarining „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyalariga nomzod etib koʻrsatildi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Kichkina xoʻjayin haqida 180 ta maqola yigʻilib, ulardan 53 foizi filmni ijobiy baholaydi[4].
Netflix orqali tarqatilgan Katta xoʻjayin animatsion teleseriali premyerasi 6-aprel 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Filmning sikveli boʻlmish Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes esa 2-iyul 2021-yilda chiqarildi.
Remove ads
Syujeti
7 yoshli xayolparast Timothy „Tim“ Templeton ota-onasining unga nisbatan kuchli eʼtiboridan lazzatlanadi va yangi ukasi kelganida bundan dahshatga tushadi. Tim ukasi boʻlmish bu goʻdak taksida kelganiga guvoh boʻladi, u kostyum kiygan va galstuk taqqan boʻlib, portfel koʻtarib yuradi, ammo kattalar yonida oʻzini odatdagi chaqaloqlardek tutadi, yaʼni kecha-yu kunduz eʼtibor talab qiladi, qorni ochiqsa yoki tagligi toʻlib qolsa yigʻlaydi. Biroq, Tim bu goʻdak kattalar ovozida gapirayotganini va oʻzini kattalardek tutayotgani guvohi boʻladi.
Kunlarning birida, qoʻshnilar Templetonlar xonadonida yigʻilishadi va fursatdan foydalanib, goʻdak boshqa kichkintoylar va chaqaloqlar bilan yigʻilish oʻtkazadi. Timothy ularning ovozini kasseta tasmasiga yozib olishga harakat qiladi, biroq uni goʻdak va uning oshnalari koʻrib qolishib, taʼqib qilishadi. Goʻdaklarning ota-onalari esa buni shunchaki hovlida oʻynayotgan kichkintoylar deb oʻylashadi. Goʻdak Timning sevimli oʻyinchoqlaridan biriga zarar yetkazganida, Tim jahl ustida uni derazadan otib yubormoqchi boʻladi, lekin ota-onasi uni tpxtatib qoladi va u tasodifan goʻdakning ovozi yozib olingan kasseta tasmasini koʻchaga uloqtirib yuboradi.
Remove ads
Rollarda
Remove ads
Relizi
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads