Mérida (Yukatan)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Mérida — Meksikaning janubi-sharqiy qismidagi shahar. Yukatan yarim orolida, Yukatan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 892 ming kishi (2016). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dagʻal tolali xeneken (agava) yetishtiriladigan yirik qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Toʻqimachilik (xenekenni qayta ishlash, arq-on ishlab chiqarish), oziq-ovqat, metallsozlik, ip gazlama, koʻn-poyabzal, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, Yukatan arxeologiyasi va tarixi muzeyi bor. Turistlar koʻp keladi. Shaharga 6-yanvar 1542-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 16—18-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.[2]
Remove ads
Adabiyotlar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads

