Min (sulola)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Min — oʻrta asrdagi Xitoyda imperatorlar sulolasi (1368—1644). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi agʻdarilishi natijasida Chju Yuanʼchjan tomonidan asos solingan. 15-asr boshida bosqinchilik siyosati olib borgan. 1407-yil Xitoy qoʻshinlari Vyetnamni bosib olgan. Janubiy dengizlar va Hind okeani mintaqalari tomon Chjen Xe qoʻmondonligi ostida 7 ta dengiz ekspeditsiyasi joʻnatilgan. Portugaliyaliklarning Xitoyda oʻrnashib olishga urinishlari munosabati bilan Min sulolasi imperatori U-szun 1521-yil yevropaliklarga Xitoyga kirishni taqiklab qoʻygan va u shuning uchun Aomin (Makao)dan tashqari barcha portlarni berkitgan. Min sulolasi davrida ijtimoiy ziddiyatlar va sinfiy kurashning kuchayishi 17-asrning 20-yillarida dehqonlar urushini keltirib chiqargan. Qoʻzgolonchilar Li Szichen rahbarligida 1644-yil poytaxt Pekinni egallashgan va Min sulolasi sulolasini agʻdarishgan. Xitoy mulkdorlarining bir qismi bu paytda Xitoyga bostirib kirgan manjurlar tomoniga oʻtgan va dehqonlar urushini bostirishda ularga koʻmaklashib, mamlakatda manjurlarning Sin sulolasi qaror topishiga yordam bergan[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads