Barack Obama
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Barak Husayn Obama II (inglizcha: Barack Hussein Obama II; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 2017-ylga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Bungacha 1997-yildan 2004-yilga qadar Illinoys shtati senatori, 2005-yildan 2008-yilga qadar esa AQSh senatori (Illinoisdan) vazifalarini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Obama AQShning ilk afroamerikalik prezidenti boʻlgan.[1] Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Tramp boʻldi.
2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.[2]
2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi.[3] Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir: Dreams from My Father („Otamdan orzular「) (1995), The Audacity of Hope („Umid jurʼati「) (2006) va A Promised Land („Vaʼda qilingan yer「) (2020).[4]

Remove ads
Dastlabki hayoti va karyerasi
Obama 1961-yil 4-avgustda[5] AQShning Gavayi shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan.[6][7][8] U Gavayida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir.[9] Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, Enn Danxem (1942-1995) Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlgan.[10] Otasi Barak Obama Sr. (1936-1982)[11][12] Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Gavayiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Gavayi uiversitetida rus tili darsida uchrashishgan.[13][14] Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishgan.[15][16]
1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barak va uning onasi Seattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barakning otasi 1962-yilning iyunida Gavayida oʻqishini tamomlab, iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik, Garvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdi.[17] Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardi.[18] U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yil Mavlud bayramida[19] faqat bir marotaba Gavayiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi.[20] Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman「.[14]
Remove ads
Nashr etilgan kitoblari
- Dreams from My Father (1995)
- The Audacity of Hope (2006)
- Of Thee I Sing (2010)
- A Promised Land (2020)
Audiokitoblar
- 2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream (Random House Audio) ISBN 978-0739366417
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
